Avto sarguzashtlar Official Trailer 2

Mana nihoyat yilning eng shov-shuvli loyihalaridan bo’lgan, O’zbekiston 1-bo’lib 3D animatsion ko’rinishdagi o’zbek avtomobillari ishtirokida «Avto sarguzashtlar» animatsion multfilmi ham yakunlandi. «O’zbekkino» Milliy Agentligi buyurtmasiga asosan ishlab chiqilgan ushbu animatsion multfilm «Astir animation studio» tomonidan prodyusser Abdulatif Haydarov rahbarligida ishlab chiqildi. Animatsion multfilm o’zining yorqin ranglari, indvidual harakterdagi personajlari, dinamikasi kuchliligi hamda tarbiyaviy ahamiyati balandligi bilan boshqa multfilmlardan tubdan farq qiladi. E’tiboringizga ushbu multfilmning treylerini namoyish qilamiz. Multfilmning to’liq qismini yaqin kunlarda saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Назад