» Sayyoh »

2019 yil » Astir animation studio »miz nomidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashiga  muallif Ismoil Shomurodov tomonidan yozilgan “Sayyoh” nomli ko‘p qismli multfilm ssenariysi taqdim etgan edik. Ushbu ssenariyimiz “O‘zbekkino” Milliy agentligiga Badiiy kengashi tomonidan iliq kutib olindi va  ma’qullandi.

“Sayyoh”animatsion filmimiz ko‘p qismli multserial bo‘lib, rejaga muvofiq ushbu multfilmning 3 ta qismi 2019-yilda ishlab chiqarilishi mo‘ljallandi va har qanday yoshdagi tomoshabinlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan multfilmlar qatoridan joy olinishi kutilmoqda.

Ushbu multfilmda chet davlatdan O‘zbekistonga sayyoh bo‘lib kelgan mehmon O‘zbekistonning so‘lim qishloqlaridan birida o‘zbek yigit bilan tasodifiy uchrashuv natijasida tanishib, do‘stlashib qoladi. Multfilmning har bir qismida ikkala do‘st ajoyib sarguzashtlarni boshidan kechiradi.

O’ylaymizki multfilmimiz multsevar tomoshabinlarimiz ko’nglidan joy oladi.

Orqaga