«OSKAR» ning bosh sovriniga davogar filmlarning to’liq ro’yxati tuzildi

«OSKAR» ning bosh sovriniga davogar filmlarning to’liq ro’yxati tuzildi

AQSH kinamatagrafiya san’atlari va fanlari akademiyasi yilning eng yaxshi filmi yo’nalishida «OSKAR» mukofotiga davogar filmlarning to’liq ro’yxatini elon qildi.

 

Takidlanishicha, bu ro’yxatdan 341 ta film  joy olgan. Keyinroq davogarlar yana saralanib, qisqa ro’yxat tuziladi. Akademiya qoidalariga ko’ra, «OSKAR» ga davogarlik qiluvchi filim davomiyligi 40 daqiqadan kam bo’lmasligi va  Los-Anjelasdagi istalgan kinoteatrda kamida 7 kun namoyish qilingan bo’lishi kerak.

 

Ro’yxatga ko’ra, davogarlar orasidan «Mo’jiza Ayol», «Tig’ ustidan yuguruvchi 2049», «Karib dengizi qaroxchilari: Murdalar ertak aytmaydilar», «Nari ket», «Dyunkerk», va «Kingsman: Oltin xalqa» filmlari o’rin olgan.

 

2018 yil 23 yanvarda elon qilinadigan yakuniy ro’yxatga 5 tadan 10 tagacha film kirishi mumkin. «OSKAR» ning yubiley – 90-sondagi marosimi 2018 yil 4 mart kuni Los-Anjelasda bo’lib o’tadi.

Orqaga