24 fevral kuni Los-Anjyelesdagi «Dolbi» teatrida kino olamidagi eng nufuzli sovrin – AQSh kinoakademiyasining «Oskar» mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 91-marta o‘tkazilgan nufuzli mukofotning taqdirlash marosimida barcha g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi.
«Eng yaxshi qo‘shiq» – «Shallow» — Ledi Gaga «Yulduz tug‘ildi» filmi uchun kuylagan.
«Eng yaxshi kompozitorlik ishi» — Lyudvig Yoransson. «Qora Pantera» filmi uchun.
«Eng yaxshi badiiy qisqa metrajli film» — «Teri». Gay Nattiv.
«Eng yaxshi hujjatli qisqa metrajli film» — «Nuqta. Taklifning yakuni». Rayka Zeztabchi.
«Eng yaxshi hujjatli film» — «Yolg‘izlikdagi erkin ko‘tarilish». Elizabet Chai Vasarxeli.
«Eng yaxshi operatorlik ishi» — Alfonso Kuaron. «Roma» filmi uchun.
«Eng yaxshi xorijiy film» — «Roma». Alfonso Kuaron.
Orqaga