Bahaybatlar yoxud Jek va loviya poyasi (Gigantic).

Bahaybatlar yoxud Jek va loviya poyasi (Gigantic).

Barchaga tanish sevimli multfilmlar yaratuvchisi, Disney kampaniyasidan muxlislarini hayratga soluvchi yangi multfilm yaratilmoqda. Multfilm eski ertaklardan biri «Jek va loviya poyasi» asosida zamonaviy talqinda yaratiladi. Multfilmning nomi esa «Bahaybatlar» deb ataladi. Disney kompaninyasining elon qilishicha multfilm pemyerasi 2018 yilning 21 noyabiriga moljalanmoqda. Multfilim voqealari klasik ko’rinishda olinadi va voqealar uzoq o’rta asirdagi tarixiy ispaniyada bo’lib o’tadi. Multfilm qahramoni esa Ispaniyaning kichik shaxarchalaridan birida yashovchi Jek nomli yigitdir.
Shaharda yashovchi odamlara uzoq o’tmishda bahaybat devlar bilan kelishuv tuzishgan edi. Kelishuvga ko’ra odamlar Bahaybatlarni oziq ovqat va shunga o’xshash kerakli narsalar bilan taminlash kerak edi. Buni evasiga esa Bahaybatlar odamlarni yomon odamlardan qarohchi, talonchilardan, har xil ofatlardan himoya qilishlari kerak edi. Lekin bu kelishuv yilar o’tib o’tmish kabi unitilib ketadi va Bahaybatlarning o’zlari odamlarga ofatning o’zi bo’lib qoladi. Bahaybatlar osmondan tushib odamlarning mehnati ketgan uylarni qasrlarni buzib, talonchilik qilib odamlarga mumamolar keltira boshlaydigan bo’lib qoladi. Hikoyaning qahramoni Jek bir boyning Anjelika ismli qizini yoqtirib qoladi. Lekin Jek kambag’al bo’lganligi sababli qizning otasi o’z roziligini bermaydi. shu onda Jekning yo’lida yana bir muammo paydo bo’ladi. Anjelikani Marko ismli boy sayohatchi yoqtrib qolad va uning atrofida girdi kapalak bo’la boshlaydi. Buni ko’rib turgan Jek Anjelikani qo’lga kiritish maqsadida shaxarni Bahaybatlardan ozod qilib qahramon bo’lish niyatida Bahaybatlar saltanatiga yo’l oladi. Shu tariqa Jekning sarguzashtlari boshlanadi.

Orqaga