21-mart umumxalq bayrami Navro’z barchangizga qutlug’ bo’lsin !!!

21-mart umumxalq bayrami Navro’z barchangizga qutlug’ bo’lsin !!!

Navro’zi olamni biz barcha sharq xalqlari qatorida azal-azaldan, ming yillar davomida e’zozlanib kelayotgan, eng qadimiy va eng sevimli, haqiqiy umumxalq bayrami sifatida qadrlaymiz. Azaliy va abadiy bayram – Navro’z el-ulus qalbida yaratish va bunyodkorlik hislarini o’zida mujassam etgan, elimizning tabiati, ongu – tafakkuri va qalbiga, har bir oila va xonadoniga shodu – hurramlik olib kirishi bilan aziz va suyuklidir. Mana hozir yurtimizda bayromona kayfiyat jo’sh urmoqda. Qozonlarda sumalaklar qaynamoqda. Ana shunday ajoyib kunlarda Sizlarni ulug’ ayyom bilan bizning «ASTIR ANIMATION STUDIO» jamoamiz muborakbod etib, sizlarga, barcha yaqinlaringizga quvonch va shodlik, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovon hayot, Ona-Vatanimizning gullab yashnashi yo’lidagi ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman. Navro’z sizga xursandchilik, quvonch, baxt – omad keltirsin. Yana bir bor Navro’z bayramingiz muborak bo’lsin, aziz yurtdoshlar.

Orqaga