VFX & Motion Graphics

VFX-bu Visual effektlar degan manoni beradi. VFX xozirgi kunda yaratilayotgan zamonaviy animatsion filmlarda, kinolarda va kliplarda qo’llash odat tusini olmoqda. Chunki bizga VFX ko’p imkoniyatlarni beradi. Ayniqsa fantastik filmlarda ko’p qollaniladi. VFX o’zining ajoyib imkoniyatlari bilan o’ziga etiborni tortadi. Bu bosqichda barcha jismlarning animatsiya jarayonidagi fizik xususyatlari yaratiladi.

VFX bo’limida olov, bulutlar, suyuqliklar, qum hamda tutun, kabi maxsus effektlar yaratiladi. Qisqa qilib aytganda real hayotda yoki film syomka qilish jarayonida bajarib bo’lmaydigan yong’in, portlash, buzish, sindirish, suv toshqini, suvni o’ziz o’ylagandek harakatga keltirish  va shunga o’xshash xolatlani real xolatga o’xshatib kompyuter orqali tayyorlash deganidir.

VFX uchun ko’plab dasturlardan foydalanish mumkin. masalan Ularga Houdini, Realflow, Maya, Nuke, After Effects kabi  programmalar shular jumlasidandir.

Motion Graphics

Motion grafika bu harakatdagi grafika bo’lib, undan asosan mavhum (abstrakt) shakllarni animatsiya qilishda foydalaniladi. Motion grafikada xozirgi kunda televidiniyada, kinolarda, kliplarda, prezentatsiyali videoroliklarda, reklama, animatsion video  roliklarda keng qo’llanilmoqda. Bu sohada ko’p programmalardan foydalanish mumkin bo’lib ularga After Effects, Shake, Fusion, Final Cut,  Cinema 4D, realflow kabi programmalar keng qo’llaniladi. Motion Grafika sohasi xozirgi kunda ommoboblashib borayotganliklari sababli Autodesk kompaniyasi ham o’zing Maya dasturini 2017 yilgi versiyasiga Motion grafika instrumentlar kolleksiyasini qo’shdi.

Compositing

Compositing bu video maxsulot yaratishdagi oxir bosqich bo’lib, unda videoning barcha alohida qismlari bir butun kompazitsiya ko’rinishida yig’iladi. Ushbu jarayonda ranglarlar ustida ishlanadi, qo’shimcha effektlar bilan boyitiladi, fonlar joylashtiriladi, maxsulotni tayyor xolatga kelishi uchun barcha ishlar amalga oshiriladi. Bu sohada xozirgi kunda Nuke, After Effects, Fution, Final Cut kabi progrtammalardan keng qo’llaniladi. O’zbekistonda ushbu programmalar ichidan ko’proq After Effects va Final Cut dan keng qo’llanishadi.Siz kursimizda asosan After Effects programmasidan foydalanilgan holda o’rganasiz.

O’qituvchi Haftada O’quv davri Boshlanish vaqti O’quv tili Oylik to’lov
Abdulatif Haydarov  3kun 3 oy O’zbek tili
Orqaga