Autodesk Maya dasturini o’rganmoqchi bo’lganlarga albatta shu kursimizdan boshlashlarini maslahat beraman. Siz bu kursimizda Maya dasturi haqida asosiy malumotlarga ega bo’lasiz.Yani Maya dasturini interfeysi,menyulari, funksiyalari, qo’shimcha ish oynalari, dasturda to’g’ri foydalanish usullari haqida bilib olasiz. Barcha 3D grafika dasturlarida bo’lgani kabi Maya dasturida ham ko’plab yo’nalishlar mavjud. Bular modelling, textura, rigging, animatsiya, render, dynamics yo’nalishlaridir. Bu kursimizda siz aynan shu yo’nalishlar haqida umumiy malumotlarni olasiz. Sizga bu kursimizni o’rgatganda har bir yo’nalishdan biror bir amaliy ish ko’rsatib tushuntiriladi. Har bir yo’nalishni tushunib olsangiz o’zingizga yaxshi. Sizda 3D grafika olami haqida tasavuringiz kuchayadi. Yana bir yaxshi tomoni shundaki hammasi haqida umumiy malumotga ega bo’lgan o’quvchi o’zining qobilyatidan kelib chiqib o’zini yo’nalishini topib olishlari mumkin bo’ladi.
O’qituvchi | Haftada | O’quv davri | Boshlanish vaqti | O’quv tili | Oylik to’lov
|
Abdulatif
Haydarov
|
3 kun | 1 Oy | O’zbek tili | Toliq tolov
|