Darslarda talab va istaklardan keelib chiqib Maya, 3D Max, Cinema 4D kabi programmalardan foydalaniladi. Bizning mutaxasislar qulayligi va keng imkoniyatlari bilan ajralib turadigan Maya dasturini maslaxat beradi. Astir animation mutaxasislari sizga 3D modelling kursini uch yo’nalishga bo’lgan xolatda sizga taklif qiladi. Sababi har bir o’rganishni xoxlaganlarning darajasi xar xil bo’ladi. Har kim o’z darajasiga qarab kursni tanlaydi.Endi o’rganmoqchi bo’lganlar albatta modellingni uch kursini o’qishni maslaxat beraman. Interyer va ekstrer yo’nalishini va 3D animatsion filmini yaratishda ishtirok etmoqchi bo’lganlarga qolgan kurslarimizni taklif qilamiz.
Basic modelling
Bu yo’nalishimizda sodda modellashtirish va modellinga tegishli bo’lgan menyular va funkiyalarni batafsilroq o’rgatamiz. Yani modeling bo’limiga tegishli interfeysni o’rganasiz. Darslar mobaynida sodda va o’rta darja qiyinlikdagi modellarni yasashni o’rganasiz. Ularga uy jixozlari, texnikalar, avtomobillar, xar xil turdagi detallarni misol keltirish mumkin.kabi amaliy mashqlar bajarasiz.
Architech modelling
Bizning asosiy yo’nalishimiz 3D animatsion filmlar yaratish bo’lganligi tufayli saxna, atrof muhit modelling animatsion film yaratishning muhim bosqichlaridan biri xisoblanadi. Bu kursimizda siz asosan atrof muhitni modellashtirish, interer va ekstrer (bino ichi va tashqi ko’rinishi) modellashtirishni o’rganishiz mumkin.
Advanced modelling
Advanced modelling yo’nalishimizda siz murakkab va ko’p detalli ko’rinishdagi modellarni yasashni o’rganasiz. Bular animatsion film uchun personaj (qahramonlar) , murakkab ko’rinishdagi avtomobillar, tranformerlar va boshqa turdagi murakkab modellarni yasashni o’rganasiz. Bu bo’limda modellashtishni eng nozik bo’lgan topologiya (modelni to’g’ri usulda yasash yoki poligonlarni to’g’ri joylashuvi) ga ko’proq etibor qaratiladi. Siz yasagan 3D personajni topologiyasi to’g’ri bo’lsa ham chiroyli chiqadi va eng asosiysi animatsiya qilsa bo’ladigan, animatsiya qilish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Ko’pchilik personaj yasaydi va topologiyasini nato’g’ri qilish oqibatida animatsiya yaxshi chiqmaydi. Bu holat ko’proq face (yuz) animatsiyasida ko’p uchraydi. 3D animatsion filmlar yoki 3D animatsion roliklar ishlab chiqishda ishtirok etmoqchi bo’laganlar albatta bu yo’nalishni o’qishlarini maslaxat beramiz.
TEXTURA & SHADER
Kursning tekstura qismida yasalgan 3D modellarga ranglar va bo’yoqlar yordamida jilo beriladi.Tekstura qilish qismida siz birinchi navbatda UV (tashqi qoplamni ajratib olib yoyish) olishni o’rganasiz. UV olib bo’lgandan so’ng tekstura qilish mumkin bo’ladi. Tektura qilishda tayyor rasmlardan ham foydalaniladi yoki rassom tomonidan chizish ham mumkin. Tekstura qilishda asosan Photoshop, ZBrush, Mudbox programmalaridan keng foydalaniladi.Shaiding qismida tekstura bosqichidan farqli xolda yasalgan 3D modellarga xayotiy tus beriladi. Yani shisha va suv shaffofligi, oynalarning aks etish darajasi, jismlarning fizik xususyatlari aks ettiriladi.
Lighting & Rendering
Bu kursimizda ham ko’pchilikni qiziqtiradigan yo’nalish xisoblanadi. Chunki bu yonalishda siz o’zingiz tayyorlagan animatsiya, interer, eksterer proektlarni real ko’rinishga yaqin yoki real ko’rinishdagi rasm yoki video ko’rinishiga aylantirasiz. Lekin bu tayyor mahsulotga kelturguncha yani proektlarni render qilguncha bir qancha ishlar amalga oshiriladi.Yani saxnaga chiroqlar qo’yiladi, obyektlarga material berialadi (masalan: metal, shisha, suv, yer, tuproq, soch va hakozolar), obyektning soyasi, nur o’tkazuvchanligi, yaltiroqligi va yorqinligi ishlab chiqiladi. Render qilish uchun juda ko’p programmalar bo’lib, mutaxasislar o’ziga o’ziga qulay vayoqqanini tanlashadi. Maya, 3D Max, Cinema 4Dkabi programmalarining o’zining standart render qiladigan programma mavjut bo’lib, kam xollarda o’zining standart programmalaridan foydalanishadi. Ko’pchilik alohida render programmalardan foydalanishadi. Ular V-ray, Mentalray, Renderman, Arnold, Corona, Octane kabi mashxur programmalardan foydalanishmoqda. Bu programmalarning ham o’ziga yarasha yaxshi yomon, qulay yoki noqulay tomonlari mavjud. Qaysidir arhitektura yonalishiga yaxshi bolsa, qaysidir animatsiya yonalishiga qulay hamma o’zini sharoitidan kelib chiqib tanlashadi. Biz ham kursimizda talab istaklardan kelib chiqib shu render programmalarini o’rgatamiz.
O’qituvchi | Haftada | O’quv davri | Boshlanish vaqti | O’quv tili | Oylik to’lov |
Abdulatif
Haydarov |
3 kun | 4 Oy | O’zbek tili | Toliq tolov |