3D Animation

Animatsiya yo’nalishi eng katta va eng murakkab yo’nalish bo’gani uchun «Astir Animation» sizga besh qismga bo’lgan xolatda o’rgatadi. Boshqa joylarda yetti qismga bo’lib …


Animatsiya yo’nalishi eng katta va eng murakkab yo’nalish bo’gani uchun «Astir Animation» sizga besh qismga bo’lgan xolatda o’rgatadi. Boshqa joylarda yetti qismga bo’lib o’rgatishini ham uchratish mumkin. Bizning mutaxasislar ko’plab animatsion filmlar ishtirok etgan bo’lib sizlarga o’zing bilmlarini beradi va tajribalari bilan o’rtoqlashadi. Bizda O’zbekistonning eng kuchli 2D va 3D animatorlari faoliyat yuritishadi. Mutaxasislarimiz sizga 3D yo’nalishida asosan Maya programmasi yordamida o’rgatishadi. Chunki animatsiya uchun eng yaxshi va qulayi Maya hisoblanadi. Buni dunyoning eng mashxur animatsion studiolari ham tasdiqlashadi.  Kursimizni yonalishlari bilan quyida batafsilroq tanishishingiz mukin.

introduction animations

1.Introduction to animation
(Animatsiyaga kirish)

Bu qisimda siz animatsiga kirish qismini o’rganasiz. Yani Maya dasturining animatsiya tegishli bo’lgan qismlari,interfeysini, klyuch (key) qo’yishni, surishni, o’chirishni , graf editor bilan anishish va hakozolar bilan tanishib chiqasiz. Kursimizda siz animatsiyaning 12 prinsipi bilan tanishasiz. Dars davomida ko’proq amalish mashqlar ham bajariladi. Amaliy mashqlarda oddiy koptokni animatsiyasi, uning og’rlik va yengilik animatsiyalari, sirpanish, sakrash, dumli koptoklar animatsiyasi, Oddiy personajlarni yurishi, yugurishi, erkak va ayol personajlarni alohida yurish va yugurishlari kabi amaliy mashqlar bajarasiz.

body

2.Body Mechanics 

(Tana mexanikasi)

Ushbu yo’nalishda siz asosan tana va tana azolari animatsiyasini o’rganasiz. Bu yonalishdagi ijodiy leksiyalarda siz animatsiyaning 12 prinsipini tana mehanikasiga qo’llanilishi,  referens tanlash, refernsyordamida ishlashni boshlash, asosiy(klyuchavoy)  pozalarni tanlash kabilarni o’rganishingiz mumkin.  Amaliy mashgulotlarimizda ,  tana animatsiyasi, bosh animatsiyasi, qo’l va oyoq animatsiyalari kabilarni har birini alohida alohida o’rganasiz.

 adivedga  

            3.Advanced body mechanics
             (Murakkab tana mexanika )

Animatsiya murakkab soxa bo’lganligi uchun bu soxani bosqichma bosqich o’rganganiz maqul. Bu kursimizda siz tana harakatini murakkab ko’rinishlarini o’rganishingiz mumkin bo’ladi.Animatsiyada o’sha 12 prinsp asosiy narsa bo’lganligi uchun bu kursimizda ham murakkab tana animatsiyalarini shu prinspga qo’llanilishini o’rganamiz. Bunday animatsilarga misol tariqasida jaxli chiqqan, birortasini kutib turgan , telefonda gaplashyotgan, hursand yoki hafa holatlarni yuz mimikalarisiz chiqarishni aytish mumkin. Bunda siz barcha imotsiyalarni tanani harakati orqali chiqarishni o’rganasiz. Shu kabi xolatlarni animatsiyalarni amalda qilib o’rgatamiz.

face

4.Facial Animation

(Yuz animatsiyasi)

Animatsiyaning eng qiziqarli yonalishlaridan biri bu yuz (face) animatsiyasi hisoblanadi. Bu kursimizda siz yuzning holatlari va gapirish animatsiyalarini aohida alohida o’rganasiz. Bu yo’nalishda ham Animatsiyani 12 prinspini yuzga qanday qo’llanilishini o’rganamiz. O’rganish davomi tayyor referenslardan foydalanishni va animatsion filmlarda nimalarga ko’roq etibor qaratilishini, mimikalarni ko’plab xolatlarini ishlab chiqishni bilib olasiz.

5.Facial and Body Animation

(Yuz va tana  animatsiyasi)

Bu yo’nalishda siz yuz mimikasi va tana harakatini birgalikda qanday qilib animatsiya qilish usullarini o’rganasiz.  Animatsiyaning har bir yonalishida bo’lgani kabi 12 prinspni bu yonalishda ham qo’llash usullarini o’rganamiz. eng asosiysi ko’proq amalyot bajarishga harakat qilamiz. Bu kursimizda sizning animatsiya soxasidagi bilmlaringiz to’liq va tayyor holatga  keladi.

 O’qituvchi Vaqti O’quv davri Boshlanish vaqti O’quv tili Oylik to’lov  

 

Abdulatif

Haydarov

Jasurbek

Butayev

 

Du, Ch, Ju

14:30-16:30

16:30-18:30

       6 Oy O’zbek tili Toliq tolov

 

Orqaga