«Warner Brothers pictures» va uning asoschilari.
«Warner Brother pictures» kompaniyasi barchaga tanish bo’lsa kerak. Bu kampaniya o’z filmlari va animatsion multfilmlari bilan mashxurdir. Kompaniyaning yaratuvchilari aka uka Uornerlardir. Aka uka Uornerlar-Garri, Albert, Sem va Jek «Warner Brother Pictures» kompaniyasi asoschilaridir. Aka uka Uornerlar kinomatagrafiya animatsiya sohasiga o’sha 1903 yillarda katta qiziqish bildirishgan. Ularning kino va animatsiya sohasidagi biznesi Amerika shtatlarining kichkina shaharlarida yani Agayyo va Pensilvaniyada rivojlana boshlagan. Shu tariqa Aka uka Uornerlar «Kaskad» nomli shaxsiy kinoteatirini ochishga muvofiq bo’lishdi. Sekin asta yangi ochilgan «Kaskad» kinoteatirida filmlarni ommaga ko’rsata boshlagan va bundan uncha ko’p bo’lmasada daromad tusha boshlagan.
1-jahon urishiga yaqin aka ukalarning «Warner Brother pictures» studyasi paydo bo’lgan edi. 1923-yilda esa studiyani rasmiy tarzda korparatsiyaga aylantirishdi. Aka uka Sem va Jek Kompaniyaning filim, animatsiya olish sohasini boshqarishgan. Garri va Albert esa kompaniyaning moliyaviy ishlarini boshqarishgan. Aka uka Uornerlarning ishlari sekin asta yaxshi keta boshlagan, faqatgina ular o’z shaxsiy filmlarini olishlari kerak edi. Ularning oilaviy biznesining «Asosiy ofisi» Galivudda joylashgan edi.
Barchamiz «Warner Brothers pictures» logatipini juda yaxshi bilsak kerak. Bu mashxur logatip kompaniya kabi yildan yilga ko’rinishi o’zgarib boravergan. Kompaniyaning birinchi logatipi shunday bo’lgan «WB» hariflarinig orqa fonida hozirgi logatipning orqa fonidagi ko’rinish emas, balki oddi bir bino bolgan, so’ngra o’sha mashxur «WB» hariflari qo’yilgan. Hozirgi kunga kelib esa ko’rib turganingizdek barchamiz biladigan logatip holiga kelgan.
O’sha davirlarda Galivudda Warner Brothersga o’xshagan kompaniyalar juda ko’p bo’lgan, lekin aka uka Uornerlar o’zlarining qilgan yangi, o’zgacha filmlari bilan barchadan ajralib turgan va boshqa kompaniyalarga nisbatan eng ko’p daromad kelib tushgan. Hozirgi kundagi ovozli filimlar yaratuvchisi kim bilasizmi? Albatta bunga «Warner Brothers pictures» kopmaniyasi asos solgan. Warner Brothers pictures kompaniyasi bora bora mashxurlashib boravergan va uncha katta bo’lmagan kampaniyalarni va kinoteatrlarni sotib ola boshlagan. 1927-yillarda ularning yaratgan filmlari osha davirlarning eng zo’r filmlari bolib kinoteatr zallari to’lib ketib, kinoteatr eshiklari oldida navbat kutuvchi odamlarning soni juda ko’p bo’lgan. YIldan yilga kompaniya mashurlashib kengayib boravergan. Shu yilda esa komaniyada ayanchli voqea yuz berad aka ukalarning biri bo’lmish Sem Uorner vafot etadi. Sem Uorner o’sha paytda 40 yoshda bo’lgan.
Huddi shu 1927-yillarda kampaniya barchaga tanish bo’lgan sevimli mulfilmlarimiz: Bags Banni va Daffiy Dak, Tom va Jerry kabi mashxur multfilmlar yaratgan.
Ikkinchi jahon urishiga kelib kompaniya boshidan qora kunlar o’ta boshlaydi. Bundan aziyat chekayotgan aka uka Uornerlar asabiylashishadi. Bu holatdan esa aka ukalardan biri Jek Uorner olib chiqadi va Jek Uorner kompaniyani o’z qoliga oladi. Jek Uorner kompaniyani boshqargan yillarda pyeslar seriyalar qolida qanday senariy bo’lishidan qati nazar barchasini olgan. ming afsuslar bo’lsinkim 1967-yillarga kelib Jek Uorner bu biznesdan chetga chiqadi va kompaniyani katta miqdordagi pulga sotib yuboradi. Shu tariqa kampaniya bir necha marta nomi va kompaniya egalari almashib boravergan.
Hozirgi kunga kelib kampaniya nomi «Time Warner» bo’lib uning egasi esa yirik komaniyalardan biri «AOL» ga tegishlidir.
Shu tariqa kompaniya afsonasi aka uka Uornerlar tomonidan yaratilgan edi va ularning isimlari va qilgan ishlari Galivud tarixida umurbod muxirlanib qoladi.
Orqaga