Universal Studios

Universal studios

Universal studios – Galivud tarixidagi qadmgi studilardan biridir. 1912 yilda Karl Lamle tomonidan asos solingan. 1915 – 1925 yillarda AQSH da eng yirik kampaniyalardan biri hisoblanib kelgan. Studiyaning logatipi yer shari ko’rinishidagi, atrofida esa saturin sayorasiga oxshagan belbog’ holatida Universal so’zi aylanib turadi.
Universal studios asoschisi Karl Lamle – asli germaniyalik bo’lgan kinobiznes bilan 1909 yildan shug’ulana boshlagan, uch yil o’tgach yani 1914 yilda o’zining studiasini ochadi va unga hozirgi nomi bo’lgan Univesal studios deb nomlaydi. Lamle halivud yulduzlariga tikgan mablag’i tufayli raqobatchilarini orta qoldiradi. O’sha davrlarda aktyor va aktrisalarning ism sharifini kino suptitrlarida yozishning keragi bo’lmagan. Lekin Lamle ko’proq mablag’ topish maqsadida shartnoma tuzgan aktyor va aktrisalari hati-harakatlariga matbuotni jalp qila boshlaydi. Shu tariqa Lamlenig kampaniyasi Amerika kinosanoatida jaralib tura boshladi.
1915-yilda esa Lamle galivud atrofida kinosyomkalar uchun 230 akr yerda suratga olish maydonchasini tashkil qildi, bu galivud tarixidagi eng katta suratga olish maydonchasi bo’lib u «Universl city» nomini oldi. Reklama maqsadida suratga olish mayydonchasi barcha tomosha qilishni hohlovchilar uchun ochiq edi. Lamle raqobatchilariga nisbatan kinoteatirlar tarmog’ini rivojlantirish uchun hech qanday ehtiyoj ko’rmagan, Lamle ko’proq etiborini yaxshi kino olishga qaratar edi. Lamle tug’lib o’sgan joyi Germaniya bilan aloqalarini uzmagan edi va u studiyasining nemetskiy bo’limini 1926 yilda Djo Pastern boshchiligida ochadi. Lamle yosh bo’lishiga qaramay istedodli yosh pradyuser Irvin Talbergni studiyaga ishlashga taklif qiladi, bundan tashqari «Notedamlik Garbun» va «Opera arvohi» nomli filmida grim qilgan Lona Cheyni grim ustasini studiyasiga jalp qiladi.
Oradan vaqt o’tgach Talberg studiodan ketadi. kino sanoati ovozli fimlar o’tish darvrida Talbergning ketishi kampaniyaning krizisga uchrashiga va yirik kinostudialar beshligidan chiqishiga sababchi bo’ladi. Universelga ko’p qarndoshlarini ishga joylashtrgan Lamle Talbergning o’rnini bosadigan ishchi qidirmadi. Ulg’ayb qolgan o’gli Lamle kchkinaga otasi boshqaruvni topshiradi.
Lamle kichkina filmlarning badiy darajasi pasligiga qoniqmasdan, o’zining badiy yangicha usuldagi pastanovkalarini yaratishga kirishadi va o’z kinateatrlar tarmog’ini yaratishga kirishadi. Kichik Lamle olgan bazi filimlar omadli va sifatli chiqgan bo’lsa bazlari esa omadsizlikka uchraydi.
Kichik Lamle davrida studiya o’z faolyatini yangi tomondan ko’rsatadi va multplikatsiya va xaror yo’nalishida suratga ola boshlaydi. 1931 yilda Lamle birinchi xaror «Drakula» nomli filmini omma etborga taqdm etadi. Filmning omadli chiqgani pradyuserlarga yanada ishonch bahsh etdi va xaror yo’nalishida film olishni davom etirsh mumkinligiga ishonishdi.
Walt Disneyning studiyasi yaralishidan avval Universal multplikatsiya sohasida muhim o’rin tutar edi. Lamlening buyurtmasiga binoan Ab Ayvers va Uolt Disney birinchi mashxur bo’lgan «Quyon Osvild» nomli mult persanajni yaratishadi. biroq Uolt Disney studiadagi bazi bir molyaviy kelishmovchiliklar tufayli studiyadan ketadi va u yaratgan birinchi multpersanajining mualliflik huquqi Univesal studiyasida qoladi. Uolt Disney studyadan ketgach o’z studyasini ochadi va birinchi multpersanajini orta qoldiradigan «Mickey Mouse» nomli multpersanajini yaratadi. Uzoq yillar davomida Universal studiyasining multplikatsiya bo’limini Uolter Lans boshaqaradi va uning davrida bir nechta multfilmlar mashxur bvo’ladi. Misol tariqasida » Dyatil Vudi’ nomli multseryalni ko’rsatish mumkun.
Lamlening studioni tark etganidan keyngi holat – Buyuk depressiya vaqtida studioning moliyaviy holati haf ostida qoladi. Boshqa kimamatograf magnatlarga nisbatan ota-o’g’il Lamlelar studioning rivojlanishiga o’z mablag’lari orqali ershishni maqul ko’rishar edi. 1936 yilda Lamlelar oilasi «Suzuvchi Teatrga» invistitsiya kiritishga qaror qabul qilishadi. Direktorlar kengashi bu taklifga rozri bo’lishadi, faqat Standard Capital dan qarz olish va qarz vohtida qoplanmasa boshqaruvni ularga topshirish sharti bilan taklifni qollab quvatlashadi. Proektni syomka qluvchi guruhga ajratilgan mablag’ va vaqt yetmaganligi sababli kredit beruvchilar berilgan mablag’ni qaytarishlarini so’rashadi. Shu tariqa Lamlelar studio ustidan boshqaruvni yo’qatishadi.Lamle studioni tark etgach, studia Jo Pasternak va Dina Durbin ijrosidagi myuzikl sababli studiya o’z faolyatini to’xtatmay bardam ushlanib turdi.Lamle kinostudioni to’liq tark etgach, kinostudio 1940 yillarda komiklar Ebbot va Kostello qo’l ostiga o’tadi. Studiyaning egalari boshqalar bo’lishiga qaramay kampaniyaning molyaviy holati o’zgarmadi.
Britaniyaliklar boshqaruv boshida – 1940 yillarda Amerikalik milyoner Artur Renkning sahiy moliyaviy tasiri tufayli britaniyalik kinamatograf misli ko’rilmagan darajada mashxur bo’ladi. Britaniyalik kinamatograf Universal studiasini, Amerikalik tomoshabinlarning qalblarini zabt etsh maqsadida ideal joy sifatida ko’radi. 1945 yilda Renkning buyrug’i bilan Universal va International picture kampaniyalari birlashadi va faqat ularning birligi bir yil davom etgan. Ikkta kampaniya birlashgach uning rahbari Intrnationalni picturega asos solgan Uelim Gets qilib tayinlanadi va studiya endi Universal International deb atala boshlanadi. 1951 yillarning so’ngiga kelib kampaniya boshqaruvi umuman boshqa kampniya yani Decca Records qo’liga o’tib ketadi. 1958 yillarga kelib studio krizis holatiga kelgach studioni MCA sotib oladi va 1962 yilda esa MCA va Decca Records tamoman birlashadi va Universal studios dep atala boshlaydi.
Shu tariqa Universal kompaniyasi o’z egalarini almashtravergan. 2010 yilga kelib studio AQSH dagi eng yirik Comcast kampaniyasiga sotib yuboriladi. 2012 yilga kelib esa Sudio 100 yilligini nishonlaydi.

Orqaga