2019 yilning 1-avgust sanasida “Astir animation studio”siga «Dunyo bo‘ylab» telekanalidan intervyu olish uchun tashrif buyurishdi va ularni qiziqtirayotgan “Sayyoh” nomli 3D animatsion film yaratilish ish jarayonini kuzatishdi.
Intervyu jarayonida dastlab studiyamiz rahbari “Sayyoh” 3D animatsion film rejissyori va prodyuseri Abdulatif Xaydarov bilan suhbatlashdilar. Ular ushbu animatsion filmning yaratilish tarixi, uning asosiy g‘oyasi, loyiha ishtirokchilari haqida to‘xtalib o‘tdilar. Bu loyihaga o‘z ishining ustasi – multiplikatorlar, animatorlar, modelerlar, rigger hamda renderchi va kompozchilar jalb qilinganini ta’kidlab o‘tdilar.
Intervyu davomida animator Robiya Abdimuminova bilan ham suhbatlashishdi. Uning qiziqishlari, ish faoliyati, “Sayyoh” 3D animatsion filmda uning vazifasi haqida suhbat qurishdi.
Intervyu so‘ngida, tekstura ustasi Mansur Yusupjonov animatsion filmlar yaratishda tekstura qilish bosqichi haqida tushuncha berib va “Sayyoh” filmidan ayrim modellarni tekstura qilishni ko‘rsatib o‘tdi.
Intervyu jarayonidan lavhalar: