Rendererlar: baised va unbaised o’rtasidagi farq nimada?

Rendererlar: baised va unbaised o’rtasidagi farq nimada?

Bu tushunchalarni adashtirmaslik uchun “bais” so’zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “bukilgan” yoki “moslashtirmoq” ma’nolarini anglatishini yodga olishimiz lozim.
Shunday ekan, baised render (o’qilishi bayast) – bu ko’p parametrlarni MOSLASHTIRILISHI kerak bo’lgan renderer va u BUKILGAN, ya’ni muhimi “to’g’rilik” da emas, balki uning qaysidir xususiy farazlarida.
Unbaised renderer (o’qilishi anbayast) esa – bu MOSLASHTIRILMAGAN (moslashtirish shart bo’lmagan – bitta tugmani bosib surat chiroyli bo’lguniga qadar o’tirib kutiladi) va u BETARAF renderer. Betaraflik shuni ifodalaydiki, anbayast renderer yorug’lik xususiyatlarini maksimal va haqqoniy darajada tasvirlashga harakat qiladi. Ya’ni u hisoblab chiqilgan formuladan foydalanib tabiatda sodir bo’ladigan fizika qoidalarini (iloji boricha) maksimal va aniq tasvirlab beradi (masalan: nuring qanday tushishi, akslanishi, sinishi, singishi va hokazo)

Misollar:
Ko’pincha moslashtirilgan va moslashtirilmagan renderlar o’rtasidagi chegara ko’rinmaydi. Shuning uchun, ko’p rendering tizimlarini qaysidir darajada gibrid deb atashimiz mumkin.
Biased renderlar CPU (faqat protsessorda foydalaniladi):
• VRay.
• Renderman.
• mental ray.
• Mantra (Houdini bilan birga yuradi, unbiased rejimi ham bor).
Biased renderlar GPU (faqat videokartada foydalaniladi):
• Redshift.
• VRayRT (protsessorda ham foydalanish mumkin).

Unbiased renderlar CPU:
• Maxwell Render.
• Arnold.
• Indigo.
• FryRender.
• LuxRender.
• iRay (videokarta va protsessor).
• Cycles Render (GPU + CPU).
Unbiased renderlar GPU:
• IndigoRT.
• Arion Render.
• SmallLuxGPU.
• Octane Render.

Gibridli biased+unbiased renderlar.
• Corona render (CPU).
• Thea (CPU).
• Thea Presto (GPU + CPU).

Orqaga