Qanday qilib sport mashinasini render qilish mumkin?!
Bu maqolamizda biz V-raydan foydalanib Mayada Lamborghini Veneno sport mashinaini bosqichma-bosqich render qilishni o’rgatamiz.
O’tgan yillar davomida biz lighting (yoritish) va rendering (ko’rsatish) shu bilan birga boshqa birqancha Arnold for Maya, Renderman, V-Ray va mental ray rendering kabi uskunalari bilan ishlaydigan texnikalar ustida o’z tajribalarimizni oshirib bordik. Ushbu prinsiplarning barchasi renderlash uchun bir xilda, ammo biz sizga ushbu mashinani yaratishda V-ray dan foydalinish prinsipi va texnologiyasini alohida ta’kidlab o’tmoqchimiz.
Har bir render uskunasining 3 ta asosiy renderlash tamoyillari mavjud: lights (yorug’lik), camera (kamera) va shader (soya). Bu renderlash yillar o’tsada o’z mavqeyini hech qachon yo’qotmasligiga biz aminmiz.
Fizika qonunlarida ham 3 ta tamoyil mavjud bo’lib, ular bu texnologiyaning asosidir. Biror obyektni ko’rsatish uchun birinchi navbatda subyet sirtdan ko’rinishi va tomoshabinning namoyish qilingan barcha ma’lumotlarni qubul qilishi muhimdir. Xuddu shu renderlash prinsipi Mayaning 3 o’lchamli fazosiga ko’chirilgan. Shunday ekan har qanday 3 o’lchamli dasturlar to’plami masalan, Maya, Zbrush, Modo yoki 3Ds Max bo’lsin jismning real ko’rinishdagi fizik xususiyatlarini ko’rsatib berish bizning maqsadimizdir.