«PIXAR animation studios» kompaniyasi haqida.
Pixar animation studios – Amerikaning kinostudiyalaridan biri bo’lib, bu studiya kompyuter ananimatsiyasi sohasida faoliyat olib boruvchi kinostudiyadir.
PIXAR studiyasi 1979-yilda Jordj Lukas tomonidan asos solingan bo’lib, boshida studiya nomi «The Graphics Group» dep atalgan. 1986-yilda esa Stiv Jobs kompaniyani Jorj Lukasdan 5mln dollarga sotib oladi. Boshidanoq Jorj Lukas kompaniyani 30 mln dolarga boholagan edi lekin, shaxsiy hayotidagi muamolar tufayli pul yetishmovchiligidan Stiv Jobsning taklifiga ko’nishga majbur boladi. So’ngra, kompaniyaning yangi bosh rahbari qilib Elvi Rey tayinlanadi. Elvi Rey «PIXAR» kampaniyasining nomini yaratuvchilaridan biridir.
2006-yilda esa uzoq muhokamalardan so’ng studiya «Walt Disney Pictures» tomonidan 7.4 milliard dollarga sotib olinadi va Stiv Jobs Disneyning yirik aksyadorlaridan biri bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi.
2006-yilning 24-yanvarida 2 ta kompaniyaning qoshilishi haqida shartnoma qabul qilinadi. 2006-yining 5-mayida esa shartnoma aksiyadorlar tomonidan tasdiqlanadi.
PIXAR yaratgan «O’yinchoqlar tarixi», «Flikning sarguzashtlari», «Maxluqlar korparatsiyasi», «Nemoni izlab» animatsion filmlari tufayli kampaniya omadga erishadi va studiya tarixida birinchi bor bunday muvoffaqiyatga erishiladi.
PIXAR kompaniyasi yaratgan multfilmlari bilan mashxur bo’lsada, kampaniya pragrammalar ishlab chiqarish bilan ham shug’ulanadi. «RenderMan» programmasi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan biridir.