Paramount Pictures

Paramount Pictures

Paramount Pictures Corporation – Amerikaning kinofilmlar ishlab chiqaradigan yirik kampaniyalaridan biri bo’lib Hollywoodda Kaliforniya shtatida joylashgan. «Paramount pictures» ning egasi «Viacom» hisoblanadi.

Kampaniyaning yaralish tarixi 1972 yil Famous Players Film Companydan boshlanadi. Kampaniyaning asoschisi hamda birinchi investrlaridan biri bo’lgan Adolf Tsukor o’sha davirdagi kinoteatrlarga chetdan kelgan o’rta sinfli aholi ko’proq qiziqish bildirayotganini ko’rgan holda, sheriklari Deniel va Charlez Framanlar bilar kelishgan holda o’zining o’rta sinf aholi uchun birinchi kinoteatirini ochishga qaror qiladi. 1973 yilning o’rtalarida » Famous Players Film Company» 5 film ishlab chiqardi va Tsukor muvaffaqiyatga erishish yo’lida edi. Huddi o’sha yili umuman boshqa pradyusser Djess L. Laski o’zining qaynog’asi Samuel Goldfishdan qarzga pul oladi va «Lasky Feature Play Company» nomli kampaniyasini ochadi. Studiyaga birinchi ishchi sifatida Laski kino sanoatida hec qanday tajribaga ega bo’lmagan teatr pastanovshigi bo’lgan Sesil B. De Millya ni ishga oladi. Laski birinchi filimi «Hinduning eri» nomli filmi uchun Hollywoodan mos joy topishi lozim edi. Lakiyning Qaytadan yaratilgan kampaniyasi » Famous Players-Lasky» tez suratda mashxur bo’la boshladi: Laski va uning sheriklari Goldfish va De Mill ishlab chiqarish uchun jovobgar edi, Xayrams Adams esa kinofilmlarning tarqalishi uchun jovobgar, Tsukor esa global rejalarning rivojlanishi bilan shug’ullanar edi. 1914 yildan boshlab esa «Laski» va «Famous Players» kompaniyalari yangi ishlab chiqargan filmlarini ommaga tarqatishni, 1914-yilda bir qancha kinoteatrlar egasi bo’lgan Yute Uilyam Xandiksoning»Paramount Pictures» kompaniyasiga ishonib topshiradi. 1916-yilga kelib esa Adolf Tsukor Ikkta kompaniyalar boshliqlari Xandikson va Laski bilan kampaniyalarini birlashtirishga ko’ndiradi va bir butun kampaniyaga aylantirishadi. Birlashgan kampaniyalar, «paramount Pictures» nomini oladi va kinosanoati olamida birinchliklardan bo’ladi. Bunga qadar ishlangan filmlar faqatgina bir shtatda yoki o’sha tumanda ommaga ko’rsatilib tarqatilar edi, bu usul kampaniyalarga noqulay va foyda keltirmas edi. Tsukor kino yulduzlariga ishonar edi va uning kampaniyasining shiori «Famous Players in Famous Plays» edi. Tsukor o’zining davrida mashxur bo’lgan kino yulduzlari bilan shartnoma tuzadi miso uchun: Meri Pikford, Duglas Ferbenks, Gloria Svenson, Rudolf Valentino va Uolles Rid kabilar.

Paramount Pictures kampaniyasida asosiy ro’lni o’ynaydigan inson Tsukor edi. 1920 yillar davomida Tsukor kinoteatrlar tarmog’ini yaratdi va 2 ta kinostudiayani boshqarar , hattoki radioning birinchii investrlaridan bo’ladi va 1928 yilda qaytadan yaratilgan studio «Columbia Broadcasting System» 50% aksyasiga ega bo’ladi. 1926 yilda «Balaban & Katz» kinosetini sotib oladi va Barni Balabanningbuyrug’iga binoan Paramountning direktori etb tayinlanadi. Bundan tashqari Tsukor mustaqil bo’lgan pradyusser B.P.Shulberkni «West Coast» studiyasini boshqarish uchun ishga oladi. 1927 yilga kelib «Famous Players-Lasky» kampaniyasi nomini «Paramount-Famous-Lasky Corparation» nomiga o’zgartiradi. Tsukor judayam tez holda eski sheriklaridan qutladi. 1917 yilda Aka uka Formanlar, Xadkinson va Goldfish kampaniyani tark etadi, faqatgina Laskiy 1932 yilgachagina ishlaydi va uni kampaniyaning mablag’i qisqarib tushib ketishida ayblab o’sha yili kampaniyadan hayadlanadi. Tsukor 1935 yilda «Pensiyadagi xizmat qilgan direktr » degan nom oladi, Barni Balaban haqiqiy boshliq bo’lib qoladi. Kampaniya bankrotlikdan qochishga muvofiq bo’lganda , kampaniyaning nomi «Calumbia Pictures» deb tanilgan edi.
Paramaunt kampaniyasising multplikatsiya sohasida ham ozgina bo’lsada omadi bor edi. Kampaniya multplikatsiya sohasida «Dengizchi Papay» va «Betti Bup» nomli multfilimlari sababli mashxur bo’lgan.

Bir qancha vaqt kampaniya atrofidagi muhit og’irlashadi, lekin hozrgi kunga kelib studia holati ancha o’zgargan. Yangilangan «Paramaunt Pictures» kampaniyasi barcha mehmonlar uchun o’z eshiklarini ochadi va u yerda studiya bo’lab mehmonlar uchun ekskursiyalar uyushtra boshlaydi.

2005 yil 11 dekabrda «Paramount» DreamWorks-ni 1,6 milliard dollarga sotib olishni e’lon qiladi. Bu e’lon Paramount Pictures kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Bred Gray tomonidan e’lon qilinadi va takidlab o’tadiki: Paramaunt tomonidan ishlab chiqarilgan barcha kartinalar, Kampaniyani kino sanoatidagi o’rnini tiklashda va birinchilikkga chiqishida asosiy starategik ro’lni o’ynaydi. Lekin bu starategiyada «Dream Works SKG» studiyasini o’z ichiga olmaydi. Biroq Paramaunt, Dream Worksning mashxur multfilmlarini tarqatish, kinoteatrlarda qo’yish haq huquqiga ega bo’ladi. 2006-yilning 1-fevralda DreamWorks-ni sotib olish muvaffaqiyatli yakunlanadi.

Hozirgi kunda «Paramount» kompaniyasi Gollivudda joylashgan so’nggi, eski yirik kinostudiya deb hisoblanadi. Studiyasining egasi esa «Viacom» media-konglomerasidir.

Orqaga