Mustaqillik davriga kelib, ulug’ ajdodlarimizdan maros bo’lgan ulkan tariximiz, xalq ijodining afsonaviy epik qahramonlari va buyuk ajdodlarimiz siymolari multpilkatsiya ekranida gavdalana boshladi. Milliy qahramon, milliy xarakter va obrazlar buyuk mutafakkirimiz Navoiy «Hamsa» sining «Bahrom va Dilorom» (1996), «Farhod va Shirin» (2010) dostonlari asosida yaratilgan, «Jaloliddin haqida doston» (1999), «Alpomish» (1999 ), «To’maris» (2002), «Spitamen» (2010), «Shiroq haqida afsona» (2011) Kabi filmlarda o’z aksini topdi. Sobiq ittifoq davrida asosan ertak janrida filmlar yaratilgan bo’lsa, 1991 yildan folklor asarlari asosida tarixiy, sarguzasht, melodrama, komediya singari janrlar doirasi kengaydi. Shuningdek, yangi tehnologiyalarning yuzaga kelishi bilan mazkur san’atga yana qiziqish paydo bo’la boshladi. Bu davrgacha qo’g’irchoq, chizma va prekladka tehnologiyalari asosida yaratilib kelingan bo’lsa, bular qatoriga chizma kompyuter (2D) tehnologiyasi kirib keldi. Mazkur texnologiyasi bevosita kompyuter imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu borada kompyuter grafikasiga oid Adobe Flash, Adobe After Effects, Adobe Photoshop, Toonz, Toon Bum Studio, Anime Studio, 2D, 3D kabi ko’plab dasturlar qo’l kelada.
Bu texnologiyasi dunyo davlatlari Amerika, Fransiya, Yaponiya, Rossiya multiplikatsiyasida kuchli rivoj topgan. Ushba texnologiya asosida film yaratish o’zbek multsanatida 1998 yil o’rtalarida paydo bo’ldi. 1994 yil Multbirlashmaga rejissor assistenti bo’lib, mahoratli ijodkor M.Mahmudovga shogird sifatida ish boshlagan D.Vlasov avvaliga arab xalq ertagi asosida yaratilgan «Simbodning sarguzashtlari» (1994), A.Navoiy «Xamsa» sining «Bahrom va Dilorom» Dostoni asosidagi filmda (1996 ), «Yanchar quyon» (1997), «Qoziq» (1998) kabi filmlarning yaratilishida ishtirok etib, o’zlashtirgan tajriba natijasida «Irifantastikilm» studiyasi bilan hamkorlikda chizma kompyuter (2D) tehnologiyasida ilk «Motsart» (1998), filmini yaratadi. Bu film ikki novelladan iborat bo’lib, ularda insonning olamga va atrofdagi odamlarga murakkab munosabati haqida falsafa fikr yuritiladi. Film avstriyalik bastakor, «Motsart» nomi bilan atalib, asarda kuyning ijro etilishi ham sh bilan bog’liq. Kompyuter tehnologiyasida tajriba sifatida yaratilgan bu film natijasida o’zbek multiplikatsiyasi asta-sekin zamon bilan hamnafas rivoj topib bordi.
Mamlakatimizda plastilin tehnologiyasida ilk namuna sifatida o’zbek multiplikatsiyasining fantastik ijodkori S.Alibekovning «Exogramma» (2003) filmida qo’llanildi. Filmda talqin etilgan barcha detallar plastilindan yasalib, asarning mazmun mohiyati juda chuqur manoga ega falsafiy janrda ifodalangan. Katta yoshdagilar uchun mo’ljallangan mazkur asarning samarali natijasi tomoshabin tomonidan uning imkon qadar borliqni va voqelikni idrok qilishda hosil bo’lgan tushunchalar, tasavvurlar yahlitligi bilan boyitilganligiga uzviy bog’liqdir. Bundan tashqari detallarning kuzatilishi va materialga berilgan soya-yorug’likni taminlanishi Bilan harakterlidir. Bu tasirchan film shu davrda Kiyev shahrida o’tkazilgan Halqaro kinofestivalda diplom va maxsus sovringa ega bo’ldi.
Keyinchalik bu tehnologiyadagi filimlarni iqtidorli, sohaga qiziquvchan ijodkor Sergey Chufarnov davom ettiradi. Jumladan, » Mushuk va Jin » (2005), halq ertagi asosida «Ur to’qmoq» (2006), «Qirq yolg’on» (2007), bu va tehnologiyada «Azamat va tanballar » (2008) so’nggi filmi bo’ldi. O’zbek multiplikatsiyasi plastilin tehnologiyasida sanoqli (5ta) film yaratildi.
Hozir jadal rivojlanib borayotgan texnika asrida animatsiya sohasida kompyuter tehnologiyalari asosida maxsus effektlar, kompyuter animatsiyalariga boy bo’lgan filmlarni yaratishga intilish va qiziqish tobora kuchayib, animator, multplikator ustalari oldiga jiddy talablar va murakkab vazifalar qo’yila boshladi.
O’zbekistonda ilk bor multfilm sohasida maxsus effektlarni boyitish va bu sohani rivojlantirish uchun ishga tushirilgan «Cinema Production» kompaniyasi 2008 yil 2 iyundan rasmiy ravishda o’z faoliyatini boshlagan. Bu studiyaning asosiy ish faoliyati hozirda jahon kinosida rivojlangan maxsus effektlarni yaratish, uch o’lchamli animatsion filmlar va televizor reklama roliklarini yaratishdan iborat.
O’zbekistonda bu sohani rivojlantirish uchun yo’lga qo’yilgan ba’zi bir ishlari samarasi sifatida maxsus effektlardan foydalanib, 3D texnologiyasida animatsion filmi yaratilgan. Ushbu animatsion film o’zbek xalq shoiri A.Oripovning «Somaviy mehmon, besh donishmand va farrosh Kampir» sheri motivi asosida «Somaviy mehmon», (stsenariy muallifi U.Qo’chqorov, rejissor: M.Mahmudov, rassomlar: D.Jalilova, S.Jumaev, Sh.Rahmatullaev, S.Karimov, bosh animator: J.Bo’taev, animatorlar: V.Speransky, D.Kubasov, S.Abdunazarov, D.Do’stmuhammedov, modelchi va teksturachilar: V.Uchaev, J.Bo’taev, R.Po’latov, S. Jumaev, visualizator: R.Po’latov, D.Kubanov, V.Uchaev) multfilimi yaratilgan.
Mamlakatimizda mazkur texnologiya asosida «Sohibjamol qo’g’irchoq» (2011), «Aqltoyning sarguzashtlari» (2014), «Rustam va Said» (2015), «Toshbaqa» (2016), «Bo’ynoq» (2016), «Kenji Botir» (2017) Kabi multfilmlari yaratilgan.
Xaydarova Nigora
Orqaga