O’zbekistonda «O’zbekfilm» qoshidagi multbirlashma 1964 yil Tashkil etilib, Moskvadan taklif etilgan rejissor va rassom V.Arsentev bilan 1969 yili ilk chizma film «Jasur chumchuqcha» (senariy mualliflari: A.Kabulov, L.Babahanov rejissor va rassom:. V.Arsentev. operator :. N.Gerasimov) yaratilgan. Multbirlashma 1978 yil «Qo’g’irchoq va rasmli Filmlar» sehiga aylantirildi. Kartinada bosh persanaj kichik chumchuqcha bo’lib. U honning hizmatkorlari tomonidan o’g’irlab ketilgan yosh yigitni topishiga va qutqarishga yordam berishi haqida hikoya qilinadi. Tajriba tarzida yaratilgan ushba film tehnologiyasining qonuniyatlari o’zbek rassom island rejissorlari tomonidan o’zlashtirilib, natijada mazkur tehnologiyada ko’plab filmlar yaratilgan. «Ijtimoiy», «Ayiqcha sayrda» ( «Tulku va qush », «Kakkuning Siri», «Aka-Uka barmoqlar», «Prujinkul» shular kabilar jumlasidandir.
Ular orasıda eng muvafaqqiyatli filmlardan biri rejissor N.To’laho’jaev va rassom S.Alibekovning amerikalik fantast yozuvchi Ray Bredberining quyidagicha nomli hikoyasi asosida yaratilgan «Yoqimli yomg’ir yog’adi» (1984) filmidir. Film Katta yoshdagi tomoshabinlar uchun ilk yaratilgan film bo’lib, ko’proq bo’lgan g’oyasi sanoqli personajlar orqali kuchli talqin etiladi. Film kelajakni bashorat qilib yer yuzida atom urushi havfini Falsafa ko’rinishda hikoya qilinadi. Film shu qadar mahorat bilan yaratilganligi sababli, halqaro kinofestivalda (Leypzig) bosh sovrin «Oltin Kabutar» va Ispaniyaning Bilbao shahrida o’tkazilgan kino festivalida «Kumush mikeldi» sovrinlariga munosib ko’riladi. Film rassomi mahoratli ijodkor S.Alibekov ko’plab bu kabi fantastik chuqur tagmanoli filmlar rassomidir. o’zbek animatsiya maktabida yetishib chiqqan bu ijodkor bugungi kunda Moskva shahrida ijodini davom ettirib kelmoqda.
1970 yillarning ikkinchi yarmida bu san’at dargohiga kelajagi porloq iste’dod egasi M.Mahmudovning kirib kelishi O’zbek multiplikatsiyasining mavzusi, tasviriy ifoda uslubi va tehnologiyalarida o’tkir burilishga sabab bo’ldi. U o’zbek multiplikatsion filmlar tehnologiyalar orasiga qiziqarli va o’ziga hos qonun-qoidalarga ega bo’lgan perekladka texnologiyasini olib kirdi.
1980 yillarda multbirlashma juda mushkul ahvolga tushib qoladi. Chizma filmda qo’llaniladigan ashyolar (selluloid, kerakli bo’yoqlar va jihozlar) ning tanqisligi sababli studiyada ish og’ir kechadi. Bu haqda ijodkor M.Mahmudov bilan suhbat jarayonida shunday deydi: «Bu vaqt vaziyatdan chiqish yo’lini izlab yurgan edim, Shunda TV ekrani orqali ukrainalik rejissor D.Cherkasskiyning «Kapitan Vrungelning sarguzashtlari» filmni ko’rib, zudlik bilanKiyev Kiev «Ilmy-ommabop Filmlar studiyasi» qoshidagi multstudiyada filmining yaratilish jarayyoni bilan tanishdim». M.Mahmudov bu tehnologiyaning sir-asrorlarini o’zlashtirib, natijada mamlakatimizda yumorga boy, komediya janridagi «Ho’ja Nasriddin» (senariy muallifi A. Borodin, rejissor M.Mahmudov, postanovkachi-rassomlar M.Mahmudov, A.Dorojinskaya Rassom-animatorlar A. Pedan , L. Usachev, Ryabykh S., N. Rabinovich, operator Vladimir Nikitin, kompazitor R.Vildanov direktor G. Babajanov. 1982) ilk perekladka filmni yaratishga muvaffaq bo’ldi. Film personajlarining miniatyura uslubida yaratilganligi kartinaning tasviriy ko’rinishini yanada boyitdi. Askia sanatiga hos dialoglar asosida sharq Mumtoz she’riyatini ifodalovchi miniatyura ananalariga tayanish fim rejissyor va rassomi M.Mahmudovning g’oyalarini ifodalashda qo’l keldi. Ushba Adabiy asar ma’lum bir film yaratilishida uning qiziqarli, yosh tomoshabinni o’ziga jalb etish uchun o’yinli voqealar va kuchli dinamikadan iborat bo’lishi zarur bo’lgan talab bilan o’zaro bog’liq edi.
M.Mahmudov 1992 yil, o’n to’qqizinchi asrning ikkinchi yarmida yashab Ijod qilgan angliyalik yozuvchi Oskar Uayldning «Baxtli shahzoda» nomli hikoyasi asosida (perekladka) multiplikatsion film yaratadi. Film ikki qismdan iborat bo’lib, und insoniylik his-tuyg’ulari yetakchi sanaladi hamda personajlarning hayajoni, o’y-kechinmalari va ruhiyati kuchli talqin etiladi. Rahdil qalb haqidagi tasirchan bu film uchun ijodkor M.Mahmudov O’zbekiston kino arboblari uyushmasining Griffin mukofotiga (1993) munosib ko’riladi.
Keyinchalik O’zbek animatsiya san’ati dovrug’ini olamga taratgan mahorat egasi M.Mahmudov rassom M.Qoraboev bilan «Bulbul» (senariy muallifi va rejissor: M.Mahmudov, rassom: M. Qoraboev kompazitor: Mirhalil Mahmudov operator: M.Abzalova 1999) filmida ekranlashtiradi. Unga ХIX asrda yashab, Ijod etgan daniyalik yozuvchi G.H.Andersenning shu nomli ertagini asos qilib oladi. Ijodkor mazkur ertak asosida senariy yozib, uning ba’zi bir syujetlarini o’zgartiradi. Ushbu film 1999 yil Moskvada o’tkazilgan bolalar animatsion kinosi xalqaro festivalining «Ang mehribon film» nominatsiyasiga sazovor bo’lib, bosh sovrin «Oltin baliqcha» (Yaponiya baliq) Bilan taqdirlanadi hamda o’zbek multiplikatsiya sanatini olamga tanitadi. Bu tehnologiyada bugungi kungacha qator filmlar yaratilganiga guvoh bo’lamiz. Bular «Oltin barg», «Piri usto ertaklari», «Ot», «Quduq», «Konsert», «Farishta», » Simbodning sarguzashlari «, «Bahrom va Dilorom», «Qora saroy», «Alpomish», «To’maris «» Qush «,» Susambil «va boshqalar.
Xaydarova Nigora
Orqaga