O’ZBEKISTONDA MULTIPLIKATSIYA SAN’ATINING PAYDO BO’LISHI (1-Qism)

Jaxon multiplikatsiyasida ilk paydo bo’lgan multiplikatsion film chizma texnologiyada yaratilgan bo’lsada, ammo O’zbekistonga XX asrning 1965 yili qo’g’irchoq texnologiyasida kirib keldi. Kino soxasida faoliyat yuritib kelgan iste’dodli ijodkorlar Yu.Petrov va D.Salimov o’zbek multiplikatsiyasining otasi xisoblandi. Chunki ilk o’zbek multiplikatsion  film ushbu ijodkorlarning izlanishi va mashaqqatlari natijasida yuzaga keldi.

  Kino filmda bezakchi rassom sifatida faoliyat yuritgan iqtidorli ijodkor Yu.Petrov mazkur San’at  sir-sinoatlari va mashaqqatlarini 1936 yili Moskvada tashkil etilgan «Soyuzmultfilm» studiyasida o’rganadi va film yaratishga doira yo’riqnoma keltiradi. Ularni o’zlashtirish natijasida rejissor D.Salimov bilan xamkorlikda «6×6 kvadratida» (1965)qo’g’irchoq  filmi yaratishga erishadi. Bu animatsion filmga eng dolzarb mavzu – o’zbek halqining boyligi oq oltin zararkundalariga qarshi kurashda kimoviy yutuqlardan foydalanish asos qilib olingan. Film personajlari Turli xil  xasharotlar (qo’ng’iz, qurt, chumoli) bo’lib, bosh personaj sifatida kolorado qo’ng’izi namoyon bo’ladi. Film xasharotlardan iborat qaxramonlar bo’lsada, ularning har birida insoniy xislatlar aks etadi.

  Tajriba sifatida olingan ushba filmdan ruxlangan xolda ijodkorlarning o’zbek halq ertagi mativi asosida milliylikni aks ettiruvchi ilk qo’g’irchoq qaxramonlar Zumrad va Qimmat obrazi orqalida tanish bo’lgan «Sexrli sandiq» (1966) film yaratildi. Film senariysiga bu ikki ijodkor D.Salimov va Yu.Petrov mualliflik qilib,qo’g’irchoq qiyofasidagi personajlarni yaratishda qo’g’irchoqboz-multiplikatorlar V.Stupakov, F.Tomashevsky, qo’g’irchoq va dekoratsiyalarni tayyorlashga S.Strashnov, E.Poleektov, N.Ayupovlar (shuningdek, rollarga ovoz berishda F.Hamraev, Z.Sadrieva, S.Sotiboldieva, Ya.Abdullaeva, D.Ҳasanova) jalb etilgan.

  Mazkur film o’zbek multiplikatsiyasida bir qadam olg’a siljib, qator kartinalar yaratilishiga turtki bo’ldi. Jumladan rejissor  Q.Kamolova va rassom Yu.Petrovning «Bulutni Kim yaratdi?» (1967), «Raxim qo’ng’iz ho’l bo’lib ketdi» (1967), «Shumtaka» (1968), Z.Royzmanning » Kichik yolg’onchi»(1968), “ Kutilmagan ayiqcha ҳaqida «(1970),» Quosh yog’dusi «(1971).

  Keyinchalik mazkur san’atni shakllantirishga rassomlar V.Gridnev, V.Akudin, R.Tumankov, V.Stupakov, A.Jiboedov, A. Hamdamov xamda rejissorlar  Q.Kamolova, Z.Royzman, Sh.Shokirova, A. Akbarho’jaevlar munosib hissa qo’shdilar. Keyinchalik 1970 yilning ikkinchi yarmidan rassomlar M.Maҳmudov, S.Alibekov, R.Kamoliddinov, A. Sobirov, A.Dorojinskaya, O.Haritonova, T.Horosheva, K.Tsoy, O.Tyajelova, V.Jironov, O.Galitskaya , rejissorlar N.To’laho’jaev, S.Murodho’jaeva, D.Botirova, I.Krivosheeva mustaqillik davridan esa rassomlar S.Silka, D.Vlasov, S.Ryabyh, M.Qoraboev, tarbiyalanuvchilari B.Ismoilov, A.Safin, S.Chufarnov, G .Matevosyan, A.Muhamedov, A.Gvardin, J.Turdiho’jaev, B.Salahutdinov, rejissorlar Vladimir Nikitin, N.Smirnov, M.Kudrina kabi yosh iste’dodli ijodkorlar samarali hizmat qilib kelishmoqda. Shuningdek, «Sinema Servis» (2008), «VRC» (2006), «Futurist studio» (2011) va so’nggi (2016), «Astir animatsiya studio» hususiy studiyalar xam shular jumlasidandir.                                                                                                                                                                                               

                                                                                                                                                                  Xaydarova Nigora

Orqaga