Mikki Mouse haqida qisqacha

Mikki Mouse – multfilm qahramoni, The Walt Disney Company va umuman butun dunyoda  1- raqamli antropomorfik sichqonchadir.

Mikki Mouse tavallud topgan  kun haqidagi ma’lumotlar aniq emas. Mikining tug’ilgan kuni 1928 yil 18-noyabr deb hisoblanadi. Aynan shu kuni «Steamboat Willie» multfilmi butun dunyoga 1-marotaba namoyish etildi.

Mikki Mouse baland va ingichka ovozli bo’lib unga Walt Disneyning shaxsan ozi ovoz bergan.  Lekin  Walt Disneyning o’pkasidagi surunkali  kasalligi tufayli kompaniya ushbu ishni Jimmi Mak Donaldga ishonib topshirdi.  Mikkining doimo yonida yuruvchi do’stlari Donald hamda Pluto nomli iti  va bundan  tashqari, Mikining Minni ismli qiz do’sti bo’lib, uning ukasi Morti va shoh shadon  jiyanlari Maykl va Milo Fieldmouslar multqahramonning hayotini yortishda yordam berishadi. Mikki Mouse multfilmlar, komikslar, video o’yinlar va istirohat bog’larida hozirgacha porlab turadi.

Mikki Mouse bilan birinchi qisqa animatsion filmlar Walt Disneyning asosiy hamkori Ab Iverk tomonidan yaratilgan bo’lib keyinchalik, mashhurligi oshib borishi bilan, Mikki Mouse to’liq metirajli multfilmlarda,   komikslarda va turli mavzularda  oynayi jahon yuzini ko’ra  boshladi.

 

Orqaga