London Xalqaro Animatsiya Festivali
2016
London Xalqaro Animatsiya Festivali () Buyuk Britaniyadagi eng ulkan va mashhur animatsiya festivali hisoblanib, 13 yil mobaynida har yili o’tkazilib kelinmoqda va 2016-yilgi ushbu festival Londonda 4-marotaba o’tkazilishidir. Mazkur Festival Juma kunidan boshlanib, forumlar 2-dekabrdan 11-dekabrgacha 10 kun davom etadi. Fesrivalda dunyo bo’ylab ishlangan 200 dan ortiq oxirgi tarixiy va xotirali qisqa metrajli animatsiya filmlari va dasturlari namoyish etiladi. Bu festival animatsiya sohasi yoki bu san’atga mutlaqo qiziqishi yo’q insonlarni ham o’ziga jalb qilishi tabiiydir. Ochilish kechasi marosimini Britaniyaning ulkan animatorlaridan biri- Chris Shepherd tomonidan nishonlanadi. Buyuk Britaniyada juda mashhur bo’lgan Chris namoyish etadigan ishlar insonlar tabiatining nuqsonli tomonlarini komeditali izoh bilan talqin qiladi. Dunyo premyerasida u o’zining «Johnno’s Dead» qisqa mitrajli filmi bilan ishtirok etdi.
Bu bilan bir qatorda festivalda musobaqaning eng qiziqarli filmlari ketma-ket tarzda ko’rib tahlil qilinadi. Festival 2016-yilning 2-dekabrida Juma kuni soat 6:30 da Barbican Cinema 1 kinoteatorida ochiladi.