Kompyuter grafikasi tarixi
(8-qism, 2010-yillar)
2010 yillar
2010-yillarning dastlabki yarmida Kompyuter Grafikasi barcha sohalarda o’z o’rnini egalladi. Video filmlarda, oldindan ko’rsatish imkoniyatiga ega grafikada sezilarli darajada fotorealistik, yuqori tizimga moslashtirilgan hozirgi grafika insonlar ko’z o’ngida real tarzda ifodalanadi.
Texture mapping (xarita teksturasi) ko’p-qatlamlari bilan birnecha bosqichli jarayon bo’lib shakillandi. Texture mapping (xarita teksturasi), bump mapping (bo’rtib chiqqan, notekis xarita) yoki isosurfase (yuza), normal mapping (normal xarita), secular highlights va reflection texnikalarini o’z ichiga olgan lighting maps (xaritani yoritish) va renderlashda shaderlardan foydalanuvchi shadow volumes (soya hajmlari) kabi anchagina takomillashtirilgan dastur ichki qismlarini amalga oshirish o’sha davrda muommolarga olib keldi. Bu davrda kelib piksellar, burchaklar va har bir element asosidagi teksturalar va boshqa sanoqsiz imkoniyat darajasidagi effektlar ustida ishlash murakkabligini ta’minlovchi shaderlar sohadagi takomillashtirilgan ishlar uchun zaruratga aylandi. Ularning shader tillari hisoblangan HLSL va GLSLlar tadqiqot va rivojlanish sohasida faol edi. Shuningdek, real optik yorug’lik oqimini ko’pgina xaritalarda ifodalashni amalga oshiruvchi Phisically-Based Rendering(fizika qonunlariga asoslangan ko’rsatish) yoki PBR tadqiqotlar doirasida ham anchayin faol edi. eksperementlar natijasida ishlov berish kuchiga ega yangi zamonaviy rivojlangan Ultra HD dasturi ishga tushirildi, shuningdek, u boshqa dasturlar ichida eng muhammali edi.
Kino sanoatida esa har yili eng yuqori darajali animatsiyalangan Kompyuter Grafikasi filmlari ishlab chiqarila boshlandi. Ularning ko’pchiligi 3D multfilmlari edi.
Video o’yinlari sohasida Microsoft, Sony Playstation 4 va Nintendo Wii U tomonidan yaratilgan Xbox One davrning video o’yinlari sohasidagi yuqori darajada takomillashtirilgan 3D grafikasi doirasida o’z ustuvorligiga erishdi. Shuningdek, Windows PC ham anchayin faol o’yin platformasiligicha o’z nufuzini haligacha saqlab turibdi.
Orqaga