Kompyuter grafikasi tarixi (7-qism, 2000-yillar)

Kompyuter grafikasi tarixi

(7-qism, 2000-yillar)

2000 yillar

Bu davrda Kompyuter grafikasi barcha sohalarda ahamiyatli darajaga ko’tarildi. 1990-yillar oxirida video o’yinlarning va kompyuter grafikasi sinemasining yoyilishi sababli soha o’zining nufuzini oshirdi va 2000-yillarda bu yuksalish yanada jadallashib bordi. 1990-yillar oxiri va 2000-yillarda Kompyuter Grafikasi televizion reklama sohasiga ham talqin qilinib, ko’plab tomoshabinlarga tanila boshladi.
Ushbu davrda grafikaning ishlash birligi sohasi yuksalishda davom etish bilan birga 3D grafikasining 3D renderlash qobiliyati standartlashtirish dasturi kampyuter yaratuvchilar ish stoli uchun asosiy dasturlardan biriga aylandi. Nvidia GeForce grafik kartalarda soha bozorida ATI bilan ko’p raqonatlarda o’z ustuvorligiga erishib keldi. Bu ikki kompaniya yillar davomida o’z nufuzlarini saqlab kelishdi. 1980-yillarda kirib kelgan shaders endilikda Kompyuter Grafikasi sohasida o’zining takomillashuvi bilan xaridorlarni garafik apparat hamda dasturlar bilan taminlab, takkomillashib keldi. Kompyuter garfikasi sohasida tekstura va shading yo’nalishlari rivojlantirildi va normal xarita va bumping xaritalarining keng tarqalishi orqali kompyuter grafikasining ko’pgina texnikalari moderinizatsitasiga turtki bo’ldi.
Kompyuter Grafikasi filmlar, video o’yinlarda foydalanilib, keyinchalik uncanny valley (dahshatli vodiy) yo’nalishiga kirib bordi. CGI filmlari tez suratda ko’payib bordi. Bunga misol qilib an’anaviy animatsita multfilimlari: «Muzlik Davri» va «Madagaskar» shuningdek «Nemoning Topilishi» kabi Pixar studiyasining bir necha ijod mahsulotlarini ko’rsatishimiz mumkin. Ular o’z vaqtida sohada o’z ustuvorliklarini namoyish qila olganlar. Final Fantacy: The Spirits Whithin 2001-yilda ishlangan bo’lib, u batamom kompyuterda yaratilgan, fotorealistik CGI qahramonlari esa to’liq motion captureda ishlangan film hisoblanadi. Biroq film moliyaviy tomondan muvafaqiyatli chiqmaydi. Boshqa bir film The Polar Express o’sha davrda yuksak e’tiborga sazovor bo’ladi. Star Wars filmi ham o’zining shuhrati bilan Kompyuter grafikasi sohasining muvaffaqiyatiga o’z hissasini qo’shadi.
Video o’yinlari sohasida esa Sony Playstation 2 va 3, Microsoft Xbox, shuningdek Nintendoning GameCube Windows PC singari kompaniyalar sohadagi ustuvorlikni saqlab kelishadi. Grand Theft Auto, Assassin’s Creed, Final Fantasy, Bioshock, Kingdom Hearts, Mirror’s Edge kabi o’nlab o’yinlar yaratilinishi Kompyuter Grafikasi sohasining rivojiga ulkan hissa qo’shibgina qolmay video o’yinlar sanoatini yanada yuksaltirishiga sabab bo’ldi.

Orqaga