Kompyuter grafikasi tarixi
(6-qism, 1990-yillar)
1990 yillar
1990-yillarda yuz bergan beqiyos o’zgarishlarga ommaviy miqyosda 3D modellashtirishning paydo bo’lishi va Kompyuter Grafikasi sohasi imtiyozlarining sezilarli darajada ko’tarilishi katta ta’sir ko’rsatdi. Narxi millionlab dollar bo’lgan ish stansiyalarida ishlab chiqarish imkoniyati cheklangan render mashg’ulotlari endi xonaki kompyuterlarda amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi; 3D modellerlar xonaki tizimlar uchun yaroqli bo’lganligi sababli Silicon Graphics ish stansiyasiga bo’lgan ehtiyoj kamaydi va 3D Studio yoki shunga o’zshash boshqa renderlash dasturlari hisoblangan Autodesk mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kuchli Microsoft Windows va Apple Macintosh mashinalarining ahamiyati ko’tarila boshladi. Oxirgi o’n yilga kelib, GPUning bugungi kundagi mavqeyiga qadar yuksala boshladi.
Sohada dastlabki fotorealistik ko’rinishga ega ishlar namoyish etila boshlandi va 3D grafikasi o’yin, multimediya va animatsiya sohalarida mashhurlikka erisha boshladi. 1980-yillar oxiri va 1990-yillar boshlarida dastlabki kompyuter garfikasining televizion seriyalari : Mac Guff Ligne (1988) studiyasi tomonidan La Vie des bêtes, Fantôme and Quarxs studiyasi tomonidan Les Fables Géométriques (1989-1991), hamda Maurice Benayoun va François Schuiten (Z-A production studiyasi, 1990–1993) tomonidan birinchi HDTV kompyuter garfikasi seriyalari yaratildi.
Film sanoatida esa Edwin Catmull rahbarligi ostida Pixar o’zining mavqeyini ko’tara boshladi. Bunga uning asosiy filmi, 1995-yilda ishlangan Toy Story (O’yinchoqlar hikoyasi) o’zizing tanqidiy va ommaviy muvaffaqiyati bilan sabab bo’ldi. O’sha davrda studiya tomionidan yaratilgan dasturiy shader hozirga qadar soha sanoatida va tadqiqotlarda bosh-lider bo’lib kelmoqda.
1992-yilda yaratilgan Sega Model 1 arkada tizimida boshqarilishga mo’ljallangan Virtua Racing video o’yini 3D poyga o’yinlarining asos bo’ldi va hozirdi 3D polugonal (ko’pburchak) garfikasi keng miqyosdagi video o’yinlari sanoatidagi tomoshbinlar orasida mashhurlikka erishishiga sabab bo’ldi. Natijada 1993-yilgi Sega Model 2 va 1996-yildagi Sega Model 3 hozirgi 3D grafikasi asosiga turtki bo’ldi. Uch nafar PC(personal comuter)lar: Wolfenstein 3D, Doom va Quake dastlabki 3D dagi inson va otishmalar qatnashgan o’yinlardagi muvafaqiyatiga o’z hissalarini qo’shishgan, bu John Carmack tomonidan ishlangan id Software programmasi asosida yaratidi. Boshqa konsullar ichida Sony Playstation va Nintendo 64 millionlab moliyaviy foydaga erishdi va shu bilan birga 3D garfikasda katta shuhrat qozondi. 90-yillar oxirlarida 3D garfikasi atamasi o’z mavqeyiga ega bo’li. Xususan, 3D garafikasi asosida Platform o’yinlar Super Mario 64 va The Legend Of Zelda, Ocarina Of Time va dastlabki 3D jang o’yinlari: Virtua Fighter, Battle Arena Toshinden va Tekkenlar yaratildi.
Texnologiya va algoritmlar ko’rinishi yuqori sur’atda o’sishni davom ettirdi. 1996-yilda Krishnamurty va Levoylar Jim Blinn tomonidan yaratilgan bump (bo’rtib chiqqan, notekis) xaritalarni takomllashtirib normal xaritalarni kashf qildilar. O’n yillik oxirlarida kompyuterlar DirectX va OpenGL kabi ommaviy dasturlarga moslashtirildi. Shu tariqa grafik apparatlar va 3D modellashtirish dasturlari takomillasha boshladi.