Kompyuter grafikasi tarixi
(5-qism, 1980-yillar)
1980 yillar
Dire Straitsning 1985-yildagi «Money For Nothing» musiqiy videosi va «I Want My MTV» qo’shig’i kompyuterda ishlangan to’liq 3 o’lchamli, animatsiyalangan dastlabki namuna sifatida tanildi. 1980-yillardan Kompyuter Grafikasida moderinizatsiya va tijoratlashtirish rivojlana boshladi. Soha dastavval faqatgina akademik olimlar tomonidan katta qiziqish bilan qaralgan bo’lsa, xonaki komputerlar ko’payib borishi bilan kompyuter grafikasi tadqiqotchilari soni sezilarli darajada o’sa boshladi.
1980-yillarning boshlaridan bit-slice va 16-bit mikroprosessorlarning imkoniyatlari yordamida hozirda aqliy, yarim-mustaqil va musaqil ish stansiyalari sifatida ma’lum bo’lgan kompyuter grafikasining termimallari yaratilishi sohadagi ulkan inqilobga turtki bo’ldi. Grafika va dasturni qayta ishlash markaziy bosh dastur va mini-kompyuterlarga tayanib qolmasdan tez sur’atda ish stansiyalaridagi ma’lumotlarga ko’chirila boshlandi. Kompyuter grafikasi aqliy ish stansiyalarining yirik inqilobi bo’lgan bu ko’chish kompyuter ishlab chiqaruvchi bozor Orca 1000, 2000 va 3000 ish stansiyalari uchun qo’l keldi va Orcatech of Ottawa tomonidan rivojlantirildi, Bell-Northern Research tomonidan xom-asyo bilan ta’minlandi hamda David Pearson tomonidan boshqarildi. Ular dastlabki ish stansiyalarining yosh tadqiqotchilari edi. Orca 3000 Motorola 68000 va AMD bit-slice mikroprosessorlariga asoslangan hamda operatsion tizim sifatida Unixga ega edi. San’atshunoslar va grafik dizaynerlar personal kompyuterlarni, asosan Commodore Amiga va Macintoshlarni, dizaynning asosiy quroli deb qaradilar va unda boshqa usullardan ko’ra vaqtni tejab, aniq tasvirni chizish imkoni borligini takidlashdi. Macintosh grafik dizayn studiolari va biznessda juda mashhur asbob bo’lib qoldi. 1980-yillarda yaratilgan zamonviy kompyuterlar ma’lumotlarni uzatishda matnlardan foydalanish o’rniga simvollar, belgilar va suratlardan foydalanish uchun graphical user interfaces (foydalanuvchi garfik interfeysi)ni ishlatishni boshladilar. Grafika-multimediya texnologiyasining beshta kalit elementlaridan biriga aylandi.
1982-yida 3D kompyuter grafikasida renderlashtirish maqsadida Yaponiyaning Osaka Universuiteti 257 Zilog Z8001 mikroprosessorlaridan foydalanib LINKS-1 Computer Grafik System (LINKS-1 kompyuter grafikasi tizimi)ni yaratdi. Yaponiya Axborot Uzatish Jamiyatinig xabar berishicha: «3D surat renderining asosiy berilgan nuqta, yorug’lik manbai va obyektning holatidan renderlangan har bir piksel aniq va tiniqligi hisoblanishidir. LINKS-1 ray tracing yordamida har bir pikselning o’z-o’zini mustaqil qayta ishlashga asoslanga suratni ko’rsatish(renderlash) metodologiyasini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqildi. Yangi dasturning yaratilishi LINKS-1 ga haqiqiy ko’rinishdagi mukammal suratlarni ko’rsatish imkoniyatini berdi. Bu butun osmon tasvirlangan dunyoning birinchi 3D planitarium videosini yaratishda ishlatilindi. Bunda video kompyuter grafikasidan to’liq foydalanib yaratildi. Video 1985-yilda Tsukuba xalqaro ko’rgazmasida Fujitsu pavilonida namoyish etildi». 1984-yilda yaratilgan LINKS-1 dunyoning eng kuchli kompyuteri edi. Bu vaqtda Star Wars va boshqa ilmiy-fantastik filmlarning shuhrati sinematik CGI (Kompyuter Grafikasi) uchun muhim ahamiyatga ega edi.