Kompyuter grafikasi tarixi
(4-qism, 1970-yillar)
1970 yillar
1970-yilda sodir bo’lgan garfikaning ko’pgina muhim o’zgarishlaridan biri bu Utah Unversitetida Ivan Suterland MIT ga ishga olinishidir. Sutherlandning grafika kurslari sohada ko’plab muhim kashfiyotchilar yetishib chiqishiga turtki bo’ldi, ulardan biri Pixar asoschisi Edwin Catmull ismli talaba edi. David C.Evans va Suterland tufayli UU kompyuter garfikasi tadqiqotlari bilan ulakan shuhrat qozondi va shuning uchun Catmull bu yerda 3D animatsiyani o’rganish uchun boradi. Bu paytda Catmull endigina Boeing kompaniyasidan kelgan edi va u yerda o’zining darajasida fizika bilan ishlagan. Disneyning muvaffaqqiyatli rivojlanib borishi Catmullda animatsiyaga muhabbatini uygotadi, biroq u tez orada chizishga iqtidori yo’qligini anglab yetadi. Aynan shu vaqtda Catmull (boshqa ko’plab kishilar bilan birga) kompyuterlarda animatsiyaning tabiiy rivojini ko’radi va ular ushbu revolutsiyaga o’z hissalarini qo’shishni xohlaydilar. Catmull dastlab o’zini akslantirgan animatsiyani ko’radi. Bu u ko’rgan birinchi animatsiya edi. U o’z qo’lining ochilib yopilish animatsiyasini yaratadi. Bu kompyuter grafikasi yordamida yaratilagan kelajakdagi yutuqlarning asosi bo’lgan harakat suratlarini yaratish uchun datlabki qadam edi. Shu bilan bir vaqtda Fred Parke ayolining yuz mimikasi animatsiyasini yaratadi.
UU kompyuter grafikasi laboratoriyalari asta-sekin odamlarni o’ziga jalb qilib boradi. Ulardan biri John Warnock ismli yosh kashfiyotchi edi; u keyinchalik Adobe Systems (Adobe tizimlari)ni yaratadi hamda chop etish sohasida ulkan inqilob sababchisi bo’lgan PostScript sahifa tavsifi tilini yaratadi. Keyinchalik Adobe suratga ishlov berish dasturi Adobe Photoshop va kino sanoatida maxsus effektlar standarti Adobe After Effects dasturlarini yaratish bilan boyitiladi. Tom Stockman UU da kompyuter grafikasi laboratoriyasiga monand bo’lgan tasvirga ishlov berish guruhini tashkil etadi. Bu guruh tarkibida Jim Clark ismli tadqiqotchi bo’lib, keyinchalik u Silicon Graphicsni yaratadi. 3D grafikasidagi dastlabki yirik inqilob bo’lgan yashirin-yuzali algoritm UU laboratoriyasida ushbu yosh kashfiyotchilar tomonidan yaratiladi. 3D obyektni ekranda tasvirlash uchun kompyuter tomoshabin nazari bilan qaraganda obyektning “orqa” yuzasini aniqlab olishi kerak va ana shu yuza kompyuter suratni tasvirlayotganda(yoki render qilayotganda) “yashirilishi” kerak. 3D Core Graphics System (yoki Core) dastlabki grafik standartning takomillashgan dasturidir. ACM Special Interest Group SIGGRAPH ning 25 nafar mutaxasislari o’zarining «conceptual framework», ya’ni nazariy ishlab chiqilgan ishlarini takomillashtirishadi. 1977-yilda uning xususiyatlari nashr etiladi va bu sohaning kelajakdagi rivojiga zamin yaratadi.
Shuningdek, 1970-yilda Henri Gouraud, Jim Blinn va Bui Tuong Phonglar Gouraud shading va Luva Brown-Phong shading modellarini takomillashtirish orqali “yassi” tasvirdan farqli aniqroq darajadagi aksni ifodalash imkonini beruvchi CGIning shading(soyalantirsih) sohasi negiziga o’z hissalarini qo’shadilar. Jim Blinn ham 1978-yilda hozirgi kunda ishlatilinadigan notekis yuzada modellashtirilgan mukammal xaritalarning boshlang’ich avlodi bo’lgan Bump Mapping ni yaratadi.
Hozirda taniqli Videogame arcade, ya’ni video-o’yin arkadalari real-time 2D sprite grafikadan foylalanib ishlangan birinchi arkada o’yinlari 1970-yillarda dunyoga kelgan. 1972-yilda Pong birinchi mashhur arkada o’yinlardan biri bo’ldi. 1974-yilda Speed Race o’zining vertikal o’tiladigan yo’li orqali odamlarni o’ziga jalb qilgan. 1975- yilda inson ko’rinishini tasvirlaydigan video o’yin, Gun Fight yaratilsa, 1978-yilda bir qancha insonni o’ziga jalb qiladigan tasvirlarga boy Space Invaders ishlab chiqiladi; bularning ikkisining yaratilishida Intel 8080 mikroprosessor va Fujitsu MB14241 dan chizma tezligini oshirish uchun video shifterdan foydalaniladi.
Orqaga