Kompyuter grafikasi tarixi
(2-qism, 1950-yillar)
Zamonaviy kompyuter grafikasi rivojining ilmiy bashoratchilari XX asr o’rtalarida yaratilgan elektronik enjenerlashtirish, elektronikalar, tetevideniye asosidir. Aka-uka Lumierelar 1895-yildan boshlab sahnalarda namoyish etilgan filmlarda ishlanadigan maxsus effektlar yaratish maqsadida birinchi bo’lib xiralikdan (mattes) foydalanganlaridan keyin ekranlar haqiqiy san’atni namoyish eta boshladi, biroq bu davrda jarayon namoyishi imkoniyatlari chegaralangan va tezkorligi sust edi. Birinchi katod nur quvuri Braun tube (“Braun quvuri”) hisoblanib, u 1897-yilda yaratilgan. U keyinchalik ossillaskop va sohaning eng mukammal bashoratchilaridan bo’lgan xarbiy boshqaruv paneliga imkoniyat yaratib berdi, zero ular dasturchi yoki foydalanuvchi uzatkichiga javoban birinchi 2 o’lchamli elektronik displey bilan ta’minlangan edi. Shunga qaramay, kompyuter grafikasi kuchli nazorat davrida bo’lgan 1950-yillarga qadar e’tibordan chetda qolib ketdi. Ikkinchi Jahon Urushi davrining notinch vaziyati tufayli universitet va laboratoriyalar birlashmasidan iborat bo’lgan tadqiqotchilar jamoasiga yanada rivojlangan kompyuterlar ustida tadqiqotlar o’tkazishga talab va nazorat kuchaytirildi hamda shu tufayli AQSH armiyasi radar, rivojlangan aviatsiya va raketa kabi so’nggi takomillashgan texnologiyalar bilan urush davomida ta’minlandi. Natijada bunday turdagi yangi proyektlar ulkan hajmdagi ma’lumot ishlab chiqarishga zarurat kelitib chiqardi va bu kompyuter grafikasi taraqqiyotiga yo’l ochib berdi.
1950 yillar
Whirlwind va SAGE projects kabi dastlabki proyektlar CRT ni bog’lovchi ko’rgazma va uzatish qurilmasi bo’lgan yengil ruchka ishlab chiqishdi va u interfeys ta’sirlashuvchi deb e’lon qilindi. Whirlwind SAGE tizimidagi Douglas T. Ross 1954-yili o’zining barmoq harakati va uning harakat vektorini ko’satish imkoniyatiga ega suratlar olib kichik programma tuzdi va bu tadqiqotini ommaga namoyish qildi. Keyinchalik tanilgan interaktiv video o’yinlaridan biri, interaktiv grafikaning «Tennis For Two» («Juftlik uchun tennis») o’yini William Higinbotham tomonidan ossilloskop uchun 1958-yildagi Brookhaven Milliy Laboratoriyasiga tashrif buyurgan mehmonlarni vaqtlarini maroqli o’tkazishlari uchun sun’iy tennis machini yaratdi. 1959-yilda Douglas T. Ross MIT da matematik maqolalarni mashina asboblari vektorlarini ishlab chiqadigan kompyuterga ko’chirish chog’ida Disney multfilm qahramonining tasavvurdagi ko’rinish imkoniyatini oladi va fanga yana bir yangilik kiritdi.
Dastlabki elektronik ixtirochilardan bo’lgan Hewlett-Packard 1957-yilda dunyoga tanildi va Stanford Universiteti bilan uning ta’sischilari orqali mustahkam aloqa o’rnatdi. Bu hozirda Silikon Vodiysi nomi bilan mashhur Shimoliy San Fransisko Bay Maydonining dunyoning yetakchi kompyuter texnologiya markazining 10 yillik ko’chishini boshlab yubordi. Kompyuter grafikasi sohasi o’zining kerakli apparatlari zarurati tezligida rivojlana boshladi.
Kompyuter olamidagi yangi yutuqlar kompyuter grafikasiga ulkan o’zgarishlar olib keldi. 1959-yil MIT ning Linkoln Laboratoriyasida TX-2 kompyuteri ishlab chiqildi. TX-2 bir qancha odam–mashina interfeyslarini bir butun qilib biriktirdi. Ivan Sutherlandning inqilobiy dasturidan foydalanib nurli qalam orqali kompyuterda eskizlar chizish imkoniyati yaratildi. Nurli qalamdan foydalanganda xomaki dastur kompyuter ekranida sodda shakllarni chizish, ularni saqlash va hatto ular ustida qayta ishlash imkonini beradi. Nurli qalam uchida o’zining kichik fotoelektrik katakchasi mavjud bo’lib, qachonki shu katakcha o’zidan elektron bosim chiqarganida u kompyuter ekraniga joylashadi va ekrandagi elektron qurilma bevosita ishlashni boshlaydi. Soddagina elektron bosimning elektron qurilma joriy holati bilan vaqtni belgilashi har qanday vaqtda qalam ekranning qayerida ekanligini aniq belgilashni osonlashtiradi. Keyinchalik shu narsaga aniqlik kiritildiki, mazkur ixtiro natijasida kompyuter kursorni o’sha joyda chiza olish imkoniyati yaratiladi. Sutherland garfikadagi ko’pgina o’zi duch kelgan muammolarni mukammal yechimini topishga muvafaq bo’ladi. Hatto bugungi kunda ham kompyuter grafikasi interfeysining ko’p standartlarida dastlabki Sketchpad dasturi bilan ishlashni boshlaydi. Bunga birgina misol qilib chizish cheklovlarini ko’rsatishimiz mumkin. Masalan, kimdir kvadrat shaklini chizishni istasa, quti qirralarini yaratish uchun 4 chiziqni mukammal darajada chizishi muhim emas. Shunchaki quti belgisini tanlab so’ng uning joyi va hajmini tanlashning o’zi kifoya qiladi. Dasturning o’zi to’g’ri o’lchamli va to’g’ri joydagi mukammal qutini yaratib beradi. Sutherland dasturining yana bir avzalligi shundaki, u faqatgina obyekt rasmini emas uning o’zini ham modellashtira oladi. Boshqacha aytganda, siz mashina tana modeli bilan uning qolgan qismiga ta’sir ko’rsatmasdan shina hajmlarini o’zgartira olishingiz mumkin. Va aksincha mashina shinalariga ta’sir ko’rsatmasdan uning tana qismini kattalashtirish imkoniyati ham mavjud.