Kompyuter garfikasini o’rganishni qanday boshlash mumkin?
O’ylab ko’rsam dunyoda dam olish degan narsa bor ekan. Nimaga endi yangi narsa bilan shug’ullanish yoki yangi kasbni o’zlashtirish qo’limdan kelmaydi? Uzoq vaqt o’ylab ko’rib o’zimga yangi imkoniyatlar eshigini ochishga qaror qildim va bu juda samarali bo’ldi.
Aytgancha bu maktab o’quvchilari va talabalar uchun juda foydali mashg’ulot, kompyuterda o’yin o’ynab, o’zimizga yoqqan multfilm, kino tomosha qila turib birdan bular qanday ishlanganiga qiziqib o’zimizda ham biror narsa yaratish ishtiyoqi paydo bo’ladi.
Buning uchun bizga 3D va ozgina aql kerak bo’ladi…:-) Shaxsan o’zim bir ayolni taniyman u 15 yil mobaynida iqtisodchi bo’lib ishlagan birdan ko’proq pul topish ishtiyoqi paydo bo’lib MAYAni o’rgana boshladi. Hozirda modelyer bo’lib ishlamoqda va bundan hech narsa yo’qotgani yoq.
Mendan ko’pchilik 3D MAX Photoshop Maya ni qanday qilib o’rgansa bo’ladi deb so’rashadi. Buning yo’llari oddiy……..:-)
1. Eng avvalo shu sohaga qiziqish va o’zimizga ishonishimiz;
2. Internetdan ozgina bo’lsa-da o’zimizga tushuncha olish;
3. Shu soxaga ixtisoslashgan o’quv kursiga borish kerak. Albatta, o’zingiz o’rgana olmaysiz-ku, axir:-)
3D MAX Photoshop Maya ni endi o’rgana boshlagan bo’lajak hamkasblarimiz uchun esa:-)
1. Har doim kompyuter grafikasi haqida oxirgi ma’lumotlarni kitob yoki internettan kuzatib borishni tavsiya qilaman. Albatta hammasini eslab qolishingiz qiyin bo’ladi lekin foydali tomoni shundaki, oxirgi ma’lumotlardan xabardor bo’lgach, o’zingizning kamchiliklaringizni to’ldirib borishga harakat qilasiz.
2. O’rganib borish jarayonida albatta biror narsani mustaqil yaratishingiz, undan oldin esa, albatta , xomaki nusxasini tayyorlab olishingiz shart. Bunda siz chizishni bilishingiz muhim emas, hech bo’lmaganda so’zlar bilan ifodalab aniq bir xulosaga kelish.
3. Eng oddiy va qulay variantlardan yana biri bu haqiqiy buyurtma olish, bu hazilmas……… 馃檪 Mayli u xoh qarindoshingiz, xoh do’stlaringiz bo’lsin buyurtmaning katta kichikligi ham ahamiyatga ega emas.Siz bu yo’l bilan aniq bir vazifaga ega bo’lasiz va o’zingizga yanada ishona boshlaysiz.
Hech qachon ortga chekinmang har doim faqat oldinga, oldinga va yana oldinga intilish kerak. Omad 馃檪
Orqaga