Columbia Pictures
CBC Film Sales Corparation kampaniyasiga 1919- yilda Geri Kon va uning akalari Jek Kon va Jo Brend tomonidan asos solingan. Kampaniyaning ishchilarining asosiy qismini Kan oilasi va qarindoshlari tashkil qilar edi. Kampaniyaning obro’yi shunchalik pas ediki , Kon kampaniayaning imidjini ozgina bo’lsada o’zgarishini umid qilgan holda 1924 yilda kampaniya nomini Columbia Pictures deb o’zgartiradi.
Studialarning asosiy kinorest tizimlari ХХ asr o’rtalarida, Calumbia PIctures kampaniyasi eng kichkina byudjet ega kampaniya deb hisoblanar edi. Kampaniyaga asosan tomashabinlar olqishlarini pas budjetli teleseriallar va kulguli teleko’rsatuvlar olib kelardi. Mablag’ni tejash maqsadida kampaniya bir filmda ishlatilgan dekaratsiyani boshqa filmda ham ishlatishar edi. Uolt Disney o’zining Mikki Mouse haqidagi multfilmlarini Columbia kampaniyasi orqali ekranlarga chiqarar edi.
Kinobiznesda kampaniyaning kinoteatrlar tizimi unchalik katta ro’l o’ynamas edi, shu jumladan 1940 yillardagi kinorestning tushib ketishi kampaniyaga hech qanday tasirini ko’rsatmadi. Boshqa raqobatchi kampaniyalar o’z kinateatrlaridan zarar ko’rgan bir paytda, Columbia kampaniyasi hech qanday zarardan tashvish chekmagan holda o’z faolyatini davom etraveradi. 1954-1957 yillar oralig’i davomida Columbia kampaniyasi ishlab chiqargan 3 filmni Oskar mukofatiga loyiq deb topiladi.
Boshqa kampaniyalar kabi 1960-yillarda kampaniya bankrotga uchrash arafasida edi, vaziyatdan chiqish maqsadida kampaniya yirik investrlar izlashga majbur bo’ladi. 1982 yilda kampaniya ustidan boshqaruvni Coca-Colani ishlab chiqaruvchi karparatsiya qo’lga kiritadi. 1980-yillarning oxirida Yaponiya ko’pmillatli kompaniyalari AQSh bozoriga kirishni boshlaydi, $3.4 mlrd ga asosiy aktsiyalar paketini Soniy Corporation sotib oladi.
1982- yilda kampaniya RCA bilan birlashadi va «RCA/Columbia Pictures Home Vidio» deb nomlana boshlaydi. 1991 yildan boshlab kampaniya «TriStar Pictures» filmlarini ishlab chiqarganli sababli o’z nomini «Columbia TriStar Home Video» ga o’zgartiradi.1997 yildan boshlab esa kampaniya o’zining filmlarini DVD da ishlab chiqara boshlaydi. 2000 yilda esa kampaniya «Sony Pictures Home Entertainment» bilan birlashadi. 2001 yilga kelib esa kampaniya nomi yana » Columbia TriStar Home Entertainment» nomiga o’zgartiriladi.
Orqaga