Autodesk Maya uchun Arnold Default Renderer yaratildi
SAN FRANSISKO – Anaheimda SIGGRAPH konferensiyasida CA,Autodesk (www.autodesk.com) o’zining oxirgi ishlangan animatsiya yechimi bo’lmish Maya 2017 ni namoyish qildi. Maya 2017 jamlangan rendering Arnold bilan boyitildi, multiplikatorlar ishini osonlashtirish va tezlashtirish maqsadida yangi motion graphics tools (harakatli grafika qurilmalari) va ko’plab imkoniyatga ega mukammal dasturiy qismlar bilan takomillashtirildi. Ushbu Maya 2017 hozirda o’zining oldindan tanlov renderi sifatida Arnoldni o’z ichiga oladi. Arnold va Maya 2017 ning birlashuvi mashhur MAXtoA Arnold Maya ichki dasturlarida mukammal renderlash qobiliyatlarini o’z ichiga oladi.
Maya 2017 hozirda o’z ichiga motion graphics (harakatli grafika) uchun 3D qurilmalarining to’liq to’plamini kiritgan. Maya 2016 da birinchi marotaba taqdim qilingan MASH protsessual uskunalar tizimi yanada yangi va ko’proq imkoniyatlar bilan boyitildi. Bu dizaynerlarga animatsiyani tez sur’atda yaratish va motion effects (harakatli effeft)larda ishlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, Maya 2017 animatorlarga murakkab motion graphics (harakatli grafikalar), animatsiya va effektlar ustida ishlashmni tez va sizfatli amalga oshirish maqsadida intuitiv UI va takomillashtirilgan 3D text tools (matn uskunalari) bilan mukammallashtirildi.
Shuningdek, Autodesk yangi MAXtoA 3DS Max foydalanuvchilariga Arnoldning afzalliklarini kuchli, isbotlangan renderlash qobiliyatilarini taqdim etadi. Va bu Max foydalanuvchilari ham undan yangi detallar topish imkoniyatini beruvchi Solid Angle’s Website uchun ham moslashtirilgan.