Animatsiya tarixi (2-qism)

Animatsiya tarixi

(2-qism)

Multiplikatsiya 19-asr o’rtalarida yaratilgan (lotin tilidan olingan bo’lib kattalashtirish ayirish o’sish ma’nosini beradi). Texnik harakati bu MORF illuziyaining shaklli obyektlarning harakati yoki o’zgarishlari hisoblanadi. Multiplikatsiyadagi birinchi qadamlar aka-uka Lumyerlar tomonidan uzoq muddat ichida tayyorlangan. Uzoq urinishlardan so’ng ajoyib rasmlar harakati paydo bo’ldi. 1914-yilda Uinzor Makkey tomonidan birinchi marta qahramonlar aks etgan mutfilm yaratildi. yorqin voqealarga boy bo’lgan bu multfilm dinazavr Gerti haqida edi.

Keyingi yutuqlar
1. 1918-yil Argentina rejissori KVIRINI KRISTIANI tomonidan birinchi to’liq metrajli «Apostol» nomli multfilmning premyerasi bo’lib o’tdi.

2. 1928-yilda UOLT DISNEY jahon bo’yicha ommalashgan o’zining Mikki Maus nomli multiplikatsiyani yaratdi va shu yilning o’zidayoq uning birinchi ovozli «Villi kemachasi» namoyishga chiqti.

3. 1929-yil UOLT DISNEY «SKELETLAR O’YINI» nomli multfilmini suratga oldi. Uning birinchi qismi «QUVNOQ SIMFONIYA». Umuman olganda Uolt Disney animatsiyalari klassika qonunlari asosida yaratilgan deb hisoblanadi.

4. 1931-yilda KVIRINI KRISTIANI tomonidan yaratilgan to’liq metrajli ovozli multfilmini namoyishi boshlandi.

5. 1932-yilda UOLT DISNEY tomonidan birinchi «Gullar va Daraxtlar » nomli rangli multfilm yaratildi.

6. 1936-yilda SSSR tomonidan «Soyuz multfilmlari» nomi asosida ish yurita boshladi.

7 1937-yilda UOLT DISNEY o’zining «Eski tegirmon» nomli multfilmida birinchi marotaba kameradan foydalandi va shu yilning o’zidayoq aka-uka Grimm ertaklari asosida «Oppog’oy va yetti gnom» to’liq metrajli multfilmini yaratdi bu multfilm unga ulkan shuhrat, obro’ va 8 mln dollor foyda keltirdi.

8.1940-yilda Uilyam Xanna va Djozef Barbaralar o’zlarining XANNA VA BARBARA studiosini ochishdi. Shu zahotiyoq «Tom va Djerri» nomli ko’p qismli multfilm ustida ishlashni boshlashdi.

9. 1947-yilda birinchi televizion multserial Aleks Anderson tomonidan yaratilgan bo’lib » Quyonlar va’dasi» namoyishi boshlandi. Bu multserial asosan televizion reklama roliklaridan foydalanilgan.

10 1952- yilda fransuz rassomi tomonidan «Pastushka va turbo tozalagich» multserial yaratildi

11. 1956-yilda ZAGREBE shahrida (D.Bugotich, A.Marks, B.Kolar, V.Mimitsa) lar tomonidan animatsiya studiosi ochildi. Ularning birinchi ijodlaridan «Quvnoq Robot» «Nestasn laqabli Robot» qisqa metrajligi esa «Zagrebcha maktablar»

12. 1958-yilda Yaponiya Osami Tedzuki tomonidan mukammal klassik uslubdagi chizilgan animatsiyalar yaratildi.

13. 1960-yilda Amerikada kattalar uchun birinchi marotaba «Flinstounlar» nomli multserial namoyish etila boshlandi.

14. 1967-1971 yillarda birinchi sovet multseriali «Maugli» Roman Davidov tomonidan yaratildi.

15. 1969-yilda rejissor Roman Kachanovning «Gena laqabli timsoh» multfilmida birinchi antiqa obraz Cheburashka paydo bo’di.

16. 1983- yilda «Tango» nomli qisqa metrajli animatsion filmi uchun Zgebnev Rebchinskiy «OSKAR» mukofotiga sazovor bo’ldi

17. 1988-yilda ikki seriallik «Xazinalar oroli» nomli multfilm namoyish etildi va shu yilning o’zidayoq SSSR nodavlat animatsiya studiosi «Pilot» o’z ishini boshladi.

18. 1990-yilda «SIMPSONLAR OILASI» multserial o’z namoyishini boshladi.

19. 1993-yilda «Kodak» kompaniyasi «Cineon » nomli spets effektlar sistemasi to’plamini namoyish etdi.

20.1995-yilda birinchi ko’pmetrajli kompyuter animatsiya filmi «O’yinchoqlar tarixi» yaratildi.

21. 1999-yilda Aleksandr Petrovning «Chol va dengiz» multfilmi IMAX katta farmatida olinib,kinoteatrlar tarixida va Russ multiplikatsiyasida katta burilish yasadi. 2000-yilda esa huddi shu multfilm Amerika kino akademiyasi tomonidan «Oskar» mukofotiga sazovor bo’ldi.

Orqaga