9 May – Xotira va Qadrlash kuni

9 May – Xotira va Qadrlash kuni

Xоtira bоr ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixоr,tirikdir g’urur.
Xоtira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xоtira — ertani yoritguvchi nur.

Xattо maysaning xam xоtirasi bоr,
Maysa xоtirasi — nurga intilmоq.
Ko’karsa — ikkiga bo’lib tashlaydi
Yo’lining ustida tursa xattо tоg’.

Tо quyosh оsmоnda pоrlab turarkan,
Оsmоnda mangusan,ey, оna xalqim!
Xar bir fоjiyaga, xar bir sharafga,
Baxо bermоqqa xam yolg’iz sen xaqli!

9 may – bu mamlakatimiz uchun alohida sana, chunki barchamiz o‘z tarixiy xotiramiz tufayli biz tirik va barhayotmiz.

Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kunining mazmun mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik va barhayotdir. Ikkinchi jahon urushida xalqimiz ko‘rsatgan matonat, mardlik va qahramonlik namunalarini avlodlarimiz aslo unutmaydi, jang maydonlarida bizning o‘g‘lonlarimiz nimaga qodir ekanini doimo g‘urur va iftixor bilan eslaydi. Biz hayotimizning bir haqiqatini hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Mana shu beshavqat urushda, jang maydonlarida qurbon bo‘lgan ota-bobolarimiz qandaydir tepalik yoki qandaydir “ulug‘ dohiy” uchun emas, avvalo o‘z yurti, ota-onasi, sevgan yori, farzandlari uchun jon bergan, “Qani endi, yurtimni, o‘zimning azizlarimni yana bir bor ko‘rsam”, deb hayotdan ko‘z yumganlar. Vatan ozodligi va erkinligi, el-yurtimizning tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan o‘g‘lonlarning nomlari va xotirasi ko‘pni ko‘rgan, hech qachon yovuz dushman oldida bosh egmagan xalqimizning yodida umrbod, abadiy saqlanadi. Bu fazilat el-yurtimizning ezgu odatiga, qadriyatiga aylanib ketgan.

Orqaga