28 oktyabr Xalqaro animatsiya kuni. 1892-yili 28-oktabrda fransiyalik rassom va ixtirochi Emil Reynaud Grevin muzeyida birinchi bor harakatlanuvchi rasmlarini Parij aholisiga taqdim etadi. Hozirgi kunda esa 28 oktyabr animatsiya kuni jahonning barcha burchaklarida ko’tarinki rux bilan o’tkaziladi. Xalqaro Animatsiya kuni arafasida, butun dunyodagi professional ijodkorlar, tashkilotlar va xavaskorlar o’zlarining animatsion filmlarini almashish dasturlarini amalga oshiradilar va bir yil davomida ushbu tadbirni kutib turgan tomoshabinlar uchun turli xil ko’rgazmalar o’tkazadilar. Bugungi kunda shunga o’xshash tadbirlar bir vaqtning o’zida dunyoning 104 ta mamlakatida o’tkazilmoqda! Hozirgi kunda animatsiya soxasida ham juda kop texnologiyalar rivojlanib bormoqda. Shu jumladan Stop Motion, VFX, Motion Capture kabi texnologiyalaridir. Bu esa Jaxon animatsiyasini rivojlanib borishi uchun juda katta asos bo’lmoqda.
Orqaga28 oktyabr – Xalqaro animatsiya kuni
27-Oktabr, 2018
